«Malika»dagi do‘konlar ishlamayapti – nima gap o‘zi?

  •   DiMaX
  •  6832
  •  14.11.2018 12:16

«Malika»dagi do‘konlar ishlamayapti – nima gap o‘zi?

O‘zbekistonda elektrotexnika jihozlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar ko‘p. Ammo ularning eng mashhuri va keng assortimentlisi poytaxtimizdagi «Fleshka» texnomarkazi – xalq tili bilan aytganda «Malika» bozoridir.

O‘QING: "Malika"dan iPhone X o‘rniga olish mumkin bo‘lgan 5 ta arzon smartfon

Xabarlarga ko‘ra, bugun – 2018 yilning 14 noyabrida ushbu savdo majmuasidagi do‘konlar ishlamayapti. Telegram’dagi @davletovuz kanalining yozishicha, «"Malika" savdo majmuasida hujjatsiz elektronika vositalarini olib qo‘yishayapti ekan. Majmua bugun yopiq emish».

Chindan ham bugun mazkur texnomarkazdagi aksariyat do‘konlar hozir faoliyatini to‘xtatib turibdi. Bu borada hozircha biror rasmiy xabar berilmagan. Surishtiruvlar natijasida aniqlanishicha, u yerda Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tekshiruv o‘tkazishmoqda.

Shu bois o‘quvchilarimizga tavsiya: agarda bugun xarid uchun «Malika» bozoriga borishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, shoshmay turganingiz ma’qul – ovora bo‘lganingiz qoladi.

Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting! Shuningdek, eslatib o‘tamiz: Terashop.uz internet-do‘konimiz o‘z faoliyatini yuritmoqda. Bu yerdan siz turli elektrotexnika jihozlarini onlayn usulda xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

TO‘LDIRISh: Ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy izoh bergani haqida mana bu xabarimizni o‘qishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.