"Malika"dagi "selfi-killer" — Redmi S2'ni o‘rganamiz

2018 yilning may oyi o‘rtalarida Xiaomi kompaniyasi o‘zining navbatdagi hamyonbop smartfoni — Redmi S2 modelini namoyish qildi. Shunda ko‘pchilik o‘rtasida savol ko‘tarildi: telefon nomidagi "S" harfi nimani anglatadi? Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchining biror smartfon modelining "special" yoki "maxsus" talqinimi? Ehtimol biror modelning soddalashgan talqini bo‘lsa kerak? Yo‘q, bu "selfie", ya’ni old kamera uchun tanlangan 16 megapikselli sensor hamda "aqlli" texnologiyaning qisqa izohi edi. 

Tashqi ko‘rinishidan Redmi S2 kompaniyaning ayni paytda bozorda ommalashayotgan zamonaviy smartfonlarini eslatib yuboradi. Quyida smartfonning tashqi ko‘rinishi, ekrani, akkumulyator sig‘imi hamda samaradorligi, shuningdek kamera texnologiyasi, raqiblari xususida fikrlarimizni bayon qilamiz.

Tashqi ko‘rinish

Ushbu model metall korpusga ega bo‘lgan. Bu korpus sirtiga maxsus qoplama yotqizilgani evaziga, u plastikka o‘xshab qolgan. Turli yetkazib beruvchilar uning korpusini turlicha talqin qilmoqdalar. Bunday o‘ziga xos korpus smartfonni qizib ketishdan, qishda esa muzdek bo‘lishidan himoya qiladi. Korpus alyuminiy metallidan tayyorlanmagani aniq. Ishlab chiqaruvchi uning metall ekanini rasman e’lon qilgan. Bizga ma’qul bo‘lgan jihati esa korpus sirtidagi qoplama uni qirilishlardan himoya qiladi. 

Korpusning orqa tomonidan yuqori va quyi qismlarda yupqa plastik uloqlar mavjud.

Orqa panel bugungi ixcham an’analarga mos: chap tomon burchakda ayfonbop vertikal uslubda joylashtirilgan qo‘sh kamera hamda o‘rtada bramoq izi skaneri.

Korpus chap biqinida esa ikkita nano SIM-karta uchun bo‘lmacha va qo‘shimcha xotira kartasi uchun alohida bo‘lmacha, ya’ni jami uchta bo‘lmachalar mavjud. Har ikkala sim-karta bo‘lmachasi LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Korpusning o‘ng biqinida esa ovozni past-baland qiluvchi cho‘zinchoq hamda oddiy o‘chirib-yoqish tugmalari mavjud. Ularning har ikkalasi pishiq va bosilishi mustahkam.

Qadrdon 3,5 mm.li audio tuynuk hamda IQ-modul, shovqinni pasaytiruvchi qo‘shimcha mikrofon smartfonning tom qismiga joylashtirilgan.

Quyi qismda esa microUSB porti bilan birga simmetrik panjaralarni ko‘ramiz. Ularning o‘ng tomondagisi ovoz uzatkich, chap tomondagi panjara esa qo‘ng‘iroqlar uchun mikrofon. microUSB portidan voz kechishning allaqachon vaqti kelgan bo‘lsa ham, bu modelda biz unga duch kelamiz.

Smartfon o‘lchamlari: 160,73 × 77,26 × 8,10 mm, vazni — 170 gramm.

 

Ekran

Yap-yangi gadjet 6 dyuymli (aniqrog‘i — 5,99 dyuymli), IPS matritsali cho‘zinchoq ekranga ega bo‘lgan. Ya’ni, tomonlari nisbati 18:9 o‘lchamli. Ekran yonlari ham yassi shakldagi burchakka ega bo‘lgan.

Displeyni romsiz deb bo‘lmaydi. Old panelning taxminan 74,5% foiz qilsi displeydan iborat bo‘lgan. Agar piksellar sig‘imiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ekran HD+, ya’ni 1440×720 piksel sig‘imli. Har dyuymdagi piksel - 269 ta.

HD-sig‘imli ekranga ega smartfon buguni kunda kamdan-kam uchrayapti. Ishlab chiqaruvchilar xaridorlar talabini hisobga olgan holda, kattaroq pikselli ekran bilan ta’minlangan smartfonlarni ishlab chiqarmoqdalar. Juda arzon smartfonlar esa HD ekranga ega bo‘ladi.

To‘g‘ri, iPhone X bilan solishtirib ko‘rganda, ekranlar sifati kim uchundir u qadar ham farqli bo‘lmasligi mumkin, ayrim shriftlar yoki tasvir donador bo‘lishi mumkin. Biroq, devaysning rangni tabiiy uzatish qobiliyati yuqori.

 

Samaradorlik

Ushbu modelga 8 yadroli Snapdragon 625 protsessori o‘rnatilgan. Mazkur chipning chastota takti 2 GGs yetadi. Smartfon 3 gigabaytli tezkor xotira bilan ta’minlangan. Bu ham yomon sig‘im emas, aslida. Shu bilan birga, uning 4 gigabaytli tezkor xotiraga ega talqinini ham topish mumkin. Doimiy xotira uchun smartfonda 64 gigabaytli xotira kartasi o‘rnatilgan.

Snapdragon 625 protsessori juda yangi ham emas. Xiaomi kompaniyasining va boshqa ishlab chiqaruvchilarning qator smartfonlarida, jumladan Redmi Note 4X, Lenovo P2, ASUS ZenFone 3, Samsung Galaxy C7, MEIZU M6 Note va boshqa mobil aloqa qurilmalarida biz ushbu chipga duch kelganmiz. Uni zamonaviy hamda arzon smartfonlarda ko‘p uchratamiz. Imkoniyatlari ham o‘rtacha. Samaradorligi bo‘yicha uni HiSilicon Kirin 650 protsessori bilan taqqoslash mumkin, biroq Qualcomm protsessori birmuncha energo tejamkor.

Smartfon «qadoqdayoq» yap-yangi Android 8.1 operatsion tizimining o‘zlashtirilgan MIUI 9.5 talqinida ishlashi kutilmagan va quvonchli xabar. Boshqa Android-smartfonlar kabi, ilk marotaba yoqilganida Redmi S2 ham shunchaki  «uchib» ishlaydi. Biroq yarim yildan so‘ng boshqalar kabi samaradorligi bir oz tushib ketadi

Kutilganidek, bir qator samaradorlik imtihonlarida ushbu smartfon ham o‘rtacha ball olgan. Misol uchun, taniqli AnTuTu benchmarkida 78024 ball bilan u ko‘pchilikni hayratga solmagan.

Smartfon interfeysi tezkor ishlaydi, barmoq izi skaneri ham  lahzalar ichida tizimni ochadi va barmoqni aniq taniydi. Ba’zi arzon apparatlar kabi skaner shoshib qolmaydi. Kamerani ishga tushishi bir oz vaqtni talab qilsa ham, hatto qorong‘u sharoitda ham yaxshi tasvirlar olish imkoni mavjud.

Akkumulyator

Akkumulyatorning elektr toki sig‘imi 3080 mA soat. Bu quvvat bir ish kuni yoki bir sutka mobaynida smartfondan foydalanishni ta’minlab beradi.

Fotokamera

So‘nggi yillarda selfi kameralar ham ishla chiqaruvchining diqqat-markazida bo‘lmoqda. Aksariyat hollarda yirik pikselli selfi kameralar marketing yechimi bo‘lib chiqadi. Ya’ni, xaridorni ko‘zini shamg‘alat qilib, smartfonni tezroq sotish bosh maqsad hisoblanadi. 

Redmi S2 modeli esa 16 megapikselli selfi-fotomodul bilan ta’minlangan.

Bosh kamera masalasida 12+5 megapikselli texnologik yechim tatbiq qilingan. Ikkinchi ob’yektiv xizmatlari evaziga smartfon bosh kamerasida portret suratlar olish mumkin. Bunday funksiya qo‘sh kamerali barcha gadjetlarda bor. Yorug‘lik yaxshi bo‘lsa, ko‘ngildagidek suratlar olish mumkin.

Quyida bu smartfonda olingan suratlarga e’tibor bering: 

16 megapikselli selfi kamera ijodi:

Xulosa

Xiaomi smarftonlarini tanlashda ularning yagona raqiblari ham o‘z "oiladoshlari" bo‘lib chiqadilar. Har oyda biz brendning yangi bir smartfon modelini ko‘ryapmiz. Biroq ularning hammasini ham ajrata olmaymiz yoki farqiga bormaymiz. Xiaomi Redmi S2 modeli "Redmi" turkumiga mansub nisbatan arzon smartfon. Uning o‘ziga xosligi -- selfi kamerasi.

Xiaomi Redmi S2 modelining kamerasi juda ilg‘or, narxi esa ancha past hamda uning micro SD bo‘lmachasi alohida. Ya’ni, 2 ta sim-karta uchun alohida va xotira kartasi uchun alohida bo‘lmacha bor. U qadoqdayoq Oreo tizimida ishlaydi. Bitta kamchiligi sifatida HD sig‘imli displeyni aytish mumkin. Biroq, ekran yorqinligini ko‘rganlar ehtimol buning ahamiyatsiz ekanini tushunarlar.

 

Narx va navo

Xiaomi Redmi S2 sotuvga pushti, och va to‘q tilla, kumush, kul rang korpuslarda ishlab chiqarilmoqda. Uning quyi (3-32 Gb) talqini 156 AQSh dollaridan, yuqori talqin (4/64 Gb) 200 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan. Ayni paytda Xiaomi Redmi S2 modelining xalqaro talqini AliExpress savdo platformasida $160 hamda $199 dollardan sotiladi.

Xiaomi Redmi S2 modeli yurtimizda 1 558 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Xiaomi Redmi S2:

Ekran: 5.99 dyuymli, HD+ (1440 × 720 pikselli), 18:9 o‘lchamli, 2.5D qayrilma shishali;

Protsessor: 2 Ggs chastota tezligiga ega 8 yadroli Snapdragon 625, ma’lumotlarni 14 nanometr texnik jarayonda qayta ishlaydi, grafik-tasvir uchun Adreno 506 video kartasi mas’ul;

Xotira: 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy yoki 4 Gb tezkor hamda 64 Gb doimiy. microSD orqali 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;

Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo)ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 talqini;

SIM-karta: qo‘sh (nano + nano + microSD)

Kamera: 12+5 megapikselli, LED fotochaqnoqli, 1.25μm piksel o‘lchamli, PDAF tizimiga ega bosh hamda 16 megapikselli va LED fotochaqnoqli old;

Sensorlar: barmoq izi skaneri, infra qizil nurli sensor;

O‘lchamlari: 160.73 × 77.26 × 8.1mm; Vazni: 170 gramm;

Aloqa imkoniyatlari: 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS + GLONASS;

Akkumulyator: 3080 mA soat.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 1 175 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 1 159 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 1 299 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!