Maps.Me xaritalariga internetsiz ishlovchi tayyor yo‘nalishlar kiritildi

  •   DiMaX
  •  1207
  •  10.04.2018 15:27

Maps.Me xaritalariga internetsiz ishlovchi tayyor yo‘nalishlar kiritildi

Ommabop kartografik servis – Maps.Me o‘z foydalanuvchilari uchun ajoyib xushxabarni e’lon qildi. Endi uning bazasiga dunyoning yirik shaharlari bo‘ylab tayyor yo‘nalishlar kiritildi.

O‘QING: 2018 yil 1-choragidagi eng zo‘r Android-ilovalar va mobil o‘yinlar

Foydalanuvchilar ushbu tayyor marshrutlarni o‘z qurilmalariga yuklab qo‘yishlari va keyinchalik internetga ulanmasdan turib – offlayn holda ham foydalanishlari mumkin. Hozircha bazaga dunyoning 29 ta yirik shahri bo‘ylab yo‘nalishlar kiritilgan. Ular orasida ayrim Osiyo va Yevropa mamlakatlarining poytaxtlari, shuningdek, sayyohlarni qiziqtiruvchi ommabop shaharlar mavjud.

Yo‘nalishlar ulardagi eng mashhur diqqatga sazovor maskanlar, muzeylar, xiyobonlar va boshqa ob’yektlarni o‘z ichiga olgan. Biror marshrut doirasidagi belgilangan ob’yekt ustiga bosib, uning batafsil tavsifini o‘qib olish mumkin. Deyarli har bir shahar uchun ikki xil: shaharning markaziy qismi va chetroq joylari bo‘ylab yo‘nalishlar kiritilgan.

Yangi opsiyadan foydalanish uchun, dastlab mazkur servisning saytidan o‘zingizni qiziqtirgan shahar yo‘nalishlarini qurilmangizdagi Maps.Me ilovasiga yuklab olasiz. Keyin u ilovaning «Nishonlar» – «Metki» bo‘limida paydo bo‘ladi.

Ayni damda Maps.Me servisi quyidagi shaharlar bo‘ylab turli marshrutlarni taklif etayotir: Shanxay, Seul, Bangkok, Bordo, Lissabon, Istanbul, Gonkong, Keyptaun, Mayami, Antalya, Kuala-Lumpur, Los-Anjeles, London, Moskva, Pistoya, Guanchjou, Oxrid, Rim, Parij, Pattayya, Makao, Portlend, Pxuket, Singapur, Nyu-York, Taybey, Dubay, Merida va Shenchjen.

Maps.Me kartografik ilovasini iOS-qurilmaga ushbu havola orqali App Store’dan, Android-gadjetga esa mana bu havola yordamida Google Play’dan o‘rnatib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Google Earth’da katta yangilanish: virtual sayohatlar va sifatli uch o‘lchamli xaritalar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!