Maqsad kriptovalyuta topish: xakerlar hukumat saytlariga ham kirib borishmoqda

  •   Saroy
  •  433
  •  18.09.2018 14:55

Maqsad kriptovalyuta topish: xakerlar hukumat saytlariga ham kirib borishmoqda

Yashirin mayning epidemiyasi dunyo bo‘ylab jadal sur’atlarda tarqalmoqda, bu gal u Hindistonga yetib keldi. Ma’lum bo‘lishicha, qariyb barcha hukumat saytlari ana shunday dasturlar bilan zararlangan. Ular CoinHive skriptlari yordamida Monero tangalarini qo‘lga kiritish uchun foydalanuvchilarning kompyuterlari kuchidan foydalanishadi.

O‘QING:Ehtiyot bo‘ling: bank xakerlari harakatda

Ekspertlarning aniqlashicha, zararlangan saytlar mamlakatdagi eng ko‘p kiriladigan resurslar ekan. Hindiston hukumati ham  haqiqatan hujum bo‘lganini tasdiqladi, ammo muammoni bartaraf qilishning hozircha iloji bo‘lmayapti.   Hukumat saytlarida qilingan mayning hajmi  ham hali oshkor etilgani yo‘q.

Hukumat domenlari bilan birga,  mamlakatning yana 119 ta sayti   CoinHive bilan zararlangan ekan. Yashirin mayning jinoyatchilarga sezilarli darajada daromad keltirmoqda. Germaniyadagi RWTH Aachen University tadqiqatchilarining hisob kitobi bo‘yicha, faqat o‘tgan oylarda butun dunyoning saytlarini zararlantirgan CoinHive skripti oyiga 250 ming dollarni Monero’ga  maynit qilgan ekan.

O‘QING:15 millionta bank kartasini o‘g‘irlagan shovvozlar: ukrainalik xakerlar guruhi qo‘lga tushdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.