Marsda ulkan ko‘l topildi

  •   Saroy
  •  1552
  •  26.07.2018 12:18

Marsda ulkan ko‘l topildi

Bir guruh olimlar Science jurnali uchun tayorlagan maqolasida birinchi bo‘lib Marsda suyuq shakldagi suv topganliklari haqida hikoya qilishdi.  Olimlar Qizil sayyoraning janubiy qismida  muz qatlamlari ostida ulkan suv hovzasini topishgan.

O‘QING:Koinotdan olingan fotosurat: Marsda kuchli po‘rtana

Marsdagi krater, avval bu yerda suv bo‘lgan

Marsda suv qidirib topish olimlar uchun dolzarb masalalarning biri hisoblanadi. Chunki suv sayyora yuzasida mavjud hayot nishonalaridan darak berardi-da.  Shuningdek, suvning topilishi Marsni odamlar u yerga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan eng do‘stona sayyoraga aylantirar edi.

Mars yuzasini o‘rganish uchun Mars Express sun’iy yo‘ldoshidagi MARSIS radiolokatsiyali uskunadan foydalanilgan. Sayyorani tadqiq qilishga uch yil ketdi, olimlar ushbu davr mobaynida janubiy qutbdagi ma’lum bir hududlarni fotosuratga olishib, radar ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdi.   

O‘QING:Mars sayyorasida muz bloklari qayerdan paydo bo‘ldi?

Mars yuzasida suv topilgan hudud  xaritasi

Natijada olimlar Mars yuzasidan 1,5 kilometrlik chuqurlikda suvi suyuq holatda bo‘lgan butun boshli ko‘l topilgani haqida ma’lum qilishdi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, uning diametri 20 kilometrni tashkil etadi, chuqurligi esa atigi 20 santimetr chiqadi. Havo haroratining pastligiga qaramay u yerda suv muzlamagan, Olimlar buning sababi sifatida, ushbu hududda bosim kuchli  bo‘lgani yoki suv sayyora tuprog‘i bilan aralashib ketganini aytishmoqda.

Endi olimlar o‘zlarining topilmalarini isbotlash kerak bo‘ladi. Buning uchun InSight missiyasi ishga tushirilgan. Missiya doirasida Marsga yerni burg‘ulaydigan va haroratni o‘lchaydigan maxsus apparat jo‘natildi. Apparatlar Qizil sayyorada shunday chuqurlikda suv suyuq holda saqlanadimi yoki yo‘qmi,  degan savolga javob topishda  olimlarga yordam berishi kerak, deb yozadi The Washington Post gazetasi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!