Mashhur insayder iPhone SE 2 displeyining «jonli» suratini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1765
  •  11.05.2018 19:54

Mashhur insayder iPhone SE 2 displeyining «jonli» suratini e’lon qildi

Kupertinolik korporatsiya o‘z ixcham ayfonining ikkinchi avlodi – iPhone SE 2 modelini tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Garchi Apple bu boradagi gap-so‘zlarga birorta ham rasmiy izoh bildirmayotgan esa-da, ushbu smartfon haqida keragidan ortiqcha ma’lumotlar, insayderlik va render fotolari, hatto videolari chiqishda davom etmoqda.

O‘QING: iPhone SE 2 smartfonini, nihoyat, «jonli» videoda ham ko‘rsatishdi!

Endi esa, taniqli insayder Veniamin Geskin ushbu ayfon uchun tayyorlangan displeyning «jonli» rasmini e’lon qildi. Bevosita ishlab chiqarish jarayonidan olingan ushbu suratga qaraganda, mazkur smartfon ekrani ham iPhone X dizaynida bo‘ladi.

Qizig‘i shundaki, Veniamin Geskinning o‘zi iPhone SE 2 modeli bunday displeyga ega bo‘lishiga ishonmayapti. Uning fikricha, yangi modelning original iPhone SE’dan yagona farqi – orqa panelining shishadan ishlanganligi va u orqali simsiz quvvatlana olishi bo‘ladi.

iPhone SE 2 (2018) modelini joriy oyning so‘ngida yoki iyunda, WWDC 2018 anjumanida taqdim etishlari ehtimoli yuqori. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring.

Apple’ning shu paytgacha bozorga chiqarilgan ko‘plab modellardagi ayfonlarini esa yurtimizda ham rasmiy kafolati bilan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan iPhone narxlari (2018 yil 11 may)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!