Mate 10 samaradorlikda olgan ball vahimali bo‘lib chiqmadi

Mate 10 samaradorlikda olgan ball vahimali bo‘lib chiqmadi

Shu kunlarda e’tiborga tushgan Huawei Mate 10 flagmani samarali ishlashda bugungi smartfonlarni ortda qoldiradi, degan ma’lumot bir oz avval tarqalgan edi. Jumladan, 8 yadroli Kirin 970 chipseti ma’lumotlarni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlashi va neyronli o‘tkazgichlarga egaligi, "sun’iy intellekt" joriy qilingani bilan o‘ziga xos va uning samaradorlikda planshet va noutbuklar bilan bellasha olishi ma’lum qilingan.

Ishlab chiqaruvchining bergan va’dalariga ko‘ra, Mate 10 platformasi yangi avlod iPhone smartfonlari bilan raqobatga kirishadi. Shunga ko‘ra, barcha samaradorlikni aniqlaydigan testlardan qandaydir samoviy raqamlar kutayotgan edi. Yaqinda "Huawei BLA-L29" nomi bilan Geekbench'da imtihon topshirgan Mate 10 to‘plagan ball u qadar ham vahimali bo‘lib chiqmadi.

Hozircha taqdim qilinmagan smartfon bir yadroli testda 1900 ball, ko‘p yadroli testda esa 6206 ball to‘pladi. Ko‘rinib turibdiki, "xitoylik aqlli yurakcha"ga Apple protsessorlari bilan bellashishga hali bor.
Ma’lumot uchun atyamiz, Apple A11 Bionic chipi o‘rnatilgan iPhone 8 bu testda 4195 (bir yadroning ishlashi) hamda ko‘p yadroli testda 10005 ball to‘plagan. Samsung Galaxy S8 esa bir yadroli testda 1965, ko‘p yadroli ishlashda 6494 ball to‘plagan.

To‘g‘ri, hozircha bu birlamchi natijalar va taqdimotdan so‘ng Huawei Mate 10 bundan yuqoriroq ball to‘plashi aniq. Biroq, bu natijalar hozirgisidan u qadar ham katta farq qilmasligi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!