Mayning bilan shug'ullanish uchun har oy 3 million so'm

Mayning bilan shug'ullanish uchun har oy 3 million so'm

Adliya vazirligi O'zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig'imlar miqdorini belgilash, ularni to'lash va taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizomni ro'yxatdan o'tkazdi. Unga ko'ra, O'zbekistonda mayning bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar (maynerlar) o'z faoliyatlarini amalga oshirish uchun BHMning 10 baravari miqdorida oylik yig'im to'lashlari belgilangan. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (oddiy qilib aytganda xizmat provayderlari) esa xuddi BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda yig'im to'lashlari kerak:

  • kripto-birja faoliyati uchun – BHMning 400 baravari (120 mln so'm);
  • mayning-pul faoliyati uchun – BHMning 100 baravari (30 mln so'm);
  • kripto-depozitariy faoliyati uchun – BHMning 5 baravari (1,5 mln so'm);
  • kripto-do'kon faoliyati uchun – BHMning 20 baravari (6 mln so'm).

Ta'kidlash joizki, yig'imlar maynerlar va xizmatlar provayderlari o'zlarining litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e'tiboran har oyda to'lanadi.

O'QING: Apple Rossiyadagi eng katta ijtimoiy tarmoq ilovasini App Store'dan olib tashladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!