Maze Alpha — Xiaomi Mi Mix’ra raqib flagman

Maze Alpha — Xiaomi Mi Mix’ra raqib flagman

Xitoydagi yirik korporatsiyaga tegishli Maze kompaniyasi jahon smartfon bozorining yangi ishlab chiqaruvchisi sifatida raqiblariga qarshi maydonga tushdi. “Olamingni kengaytir” shiorini tanlagan, 850 nafar xodimga ega kompaniyada 80 dan ziyod dasturchi va AKT injinirlari eng yaxshi mobil texnologiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib bormoqdalar. Maze IT-bozorining Qualcomm, Samsung, Japan Display, MediaTek va boshqa yirik sanoatchilari bilan hamkorlik qilmoqda.

Kompaniyaning ilk smartfoni Maze Alpha deb nomlanadi. Displey diagonali 5,5 dan 6 dyuymgacha bo‘lgan gadjetning ekrani AMOLED platformasida ishlaydi. Ekran Gorilla Glass 4 himoya shishiasi bilan qoplangan bo‘lib, sig‘imi 1920 x 1080 pikselni tashkil qiladi. Orqa paneldan ko‘rinib turibdiki, devaysda bosh kamera qo‘sh ob’yektivli bo‘ladi. Operatsion tizim masalasida esa Android 7.0 Nougat ma’qul ko‘rilgan.

Maze Alpha reklama shiori quyidagicha: «Bir nechta jihatlarning o‘zi yetarli emas». Suratdan ko‘rinib turibdiki, bu smartfon romsiz ekranli bo‘lib, ayni paytda ommalashayotgan Xiaomi Mi Mix’ga raqiblik qiladi.

Maze Alpha joriy yilning aprel oyida taqdim etiladi. Maze kompaniyasi vakilining ma’lum qilishicha, smartfon Yevropa bozori uchun ishlab chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!