MDC Grand Pro – atigi 590 000 so‘mga qo‘sh kamera, katta ekran va zamonaviy dizaynli smartfon!

  •   DiMaX
  •  4197
  •  31.07.2018 15:45

MDC Grand Pro – atigi 590 000 so‘mga qo‘sh kamera, katta ekran va zamonaviy dizaynli smartfon!

O‘zbekiston bozoriga shu yilning boshida kirib kelgan MDC kompaniyasi Grand modelining yangilangan versiyasi – MDC Grand Pro modelini sotuvga chiqardi. Ushbu qurilma smartfonni o‘rtacha faollikda ishlatadigan foydalanuvchilarga mo‘ljallagan.

O‘QING: MDC Grand – barmoq izi skaneri va katta ekranga ega hamyonbop smartfon!

MDC Grand Pro smartfoni 5.5 dyuymlik, tomonlari 18:9 nisbatdagi displey bilan jihozlangan. Piksellar soni 1280x640 (250ppi). Unga  4-yadroli, ishlash chastotasi 1.3 GGs bo‘lgan MediaTek MT6737 protsessori o‘rnatilgan. Tezkor xotira sig‘imi 1 gigabayt, doimiy xotirasi hajmi esa 8 gigabaytni tashkil etadi. Ichki xotirani microSD kartasi yordamida 64 gigabaytgacha kengaytirish imkoniyati mavjud.

Eng qizig‘i – hamyonbop bo‘lsa-da, ushbu smartfonda ikkita asosiy kamera ko‘zda tutilgan: 8 + 0.3 MP (boke effekti uchun). Old kameraning aniqligi 5 MP. Model Android 7.0 operatsion tizimida ishlaydi. Batareya sig‘imi 3000 mA/soat; korpusning orqa panelida barmoq izi skaneri ham o‘rin olgan. Ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlovchi bu qurilma 4G tarmog‘ida ham ishlay oladi.

MDC Grand Pro O‘zbekiston bozori uchun oq va qora ranglarda taqdim etilgan. Smartfonga ishlab chiqaruvchi tomonidan 1 yillik rasmiy kafolat xizmati ko‘rsatiladi.

O‘zbekistondagi narxi 590 000 so‘mdan boshlanmoqda.

O‘QING: 599 000 so‘mdan boshlangan MDC smartfonlarini yanada arzonga oling! (2018 yil 13 iyul)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.