MDC M200: Android Go platformasida ishlovchi arzon smartfon tez kunlarda O‘zbekistonda!

  •   DiMaX
  •  1807
  •  24.10.2018 16:46

MDC M200: Android Go platformasida ishlovchi arzon smartfon tez kunlarda O‘zbekistonda!

Hamyonbop smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar qatoridan joy egallab, yurtimiz bozorida tanilib ulgurgan MDC brendi yana bitta – yangi M200 modelini tez kunlarda sotuvga chiqaradi. Qurilma bundan avvalgi smartfonlardan farqli ravishda, Android Go Edition platformasida ishlaydi.

O‘QING: MDC Nova Pro: metall korpusli arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi!

Ushbu operatsion tizim Android Oreo platformasi asosida yaratilgan bo‘lib, operativ xotirasi 1 Gb va undan kam bo‘lgan byudjet smartfonlari uchun maxsus yaratilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, bu platforma o‘rnatilgan xotiraning Android Nougat versiyasidan farqli ravishda taxminan yarmidan kamroq qismini egallaydi, bu esa, o‘z navbatida doimiy xotiraning anchagina qismidan foydalanish imkoniyatini beradi. Android Go platformasida ishlovchi qurilmalarda ilovalar Android operatsion tizimining avvalgi versiyalariga nisbatan 15 foiz tezroq ochiladi.

MDC M200 smartfoniga 4 yadroli MTK6580 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 1, doimiy xotirasi esa 8 gigabayt hajmga ega. Unga yana qo‘shimcha 64 GBgacha hajmli MicroSD formatli xotira kartasi o‘rnatish mumkin. Ushbu smartfonda video-kontent ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlar, qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, musiqa kabi talaygina kundalik vazifalarni bemalol bajarsa bo‘ladi.

Qurilma diagonaliga 5.45 dyuymlik, 1440x720 piksel aniqlikdagi HD+ TFT LCD matritsali displey bilan jihozlangan. Ekranning tomonlar nisbati 16:9, u to‘liq laminatsiya bilan qoplangan.

MDC M200 tashqi dizayniga e’tibor qaratsak, smartfon ancha ixcham va bejirim yaratilgan. Korpusning orqa tomonida 5 megapiksellik kamera, LED-chaqnoq hamda barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. Old tomoniga esa 2 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan. Smartfonning o‘ng tomonidan ovoz balandligini boshqarish tugmasi va quvvatni o‘chirish tugmasi joy olgan. Ishlab chiqaruvchi korpusning chap tomoniga yana bir tugma joylashtirgan, u orqali siz o‘zingizga zarur vazifani tezda ishga tushirish uchun sozlab qo‘yishingiz mumkin.

MDC M200 modeli tillarang va qora korpuslarda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Brendning boshqa mahsulotlari singari, unga ham bir yillik rasmiy kafolat beriladi.

Smartfonning texnik xususiyatlari quyidagilar:

  • 5.45 dyuymlik ekran, 1440x720 piksel aniqlik darajasi bilan (16:9);
  • 1.3 GGs takt chastotali, 4 yadroli Mediatek MTK6580 protsessori;
  • 1 GB tezkor xotira;
  • 8 GB ichki xotira;
  • 64 GB gacha microSD o‘rnatish mumkin;
  • 5 Mp asosiy kamera;
  • 2 Mp old kamera;
  • Ikkita SIM-kart uchun ikkita slot;
  • Wi-Fi 802.11n + Bluetooth 4.0;
  • Akkumulyator hajmi 2200 mA/s;
  • Barmoq izi skaneri;
  • Android Go 8.1;
  • O‘lchamlari: 145 x 70.5x 9.1mm.

O‘QING: Terashop.uz’dan MDC smartfonlarini xarid qiling – O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 2 oktyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.