MDC M5 smartfonini xarid qilish uchun 5 ta sabab

  •   DiMaX
  •  3667
  •  01.03.2019 15:58

MDC M5 smartfonini xarid qilish uchun 5 ta sabab

Biror markadagi smartfon sotib olishdan oldin uning yaxshi xususiyatlari bilan tanishib chiqish, narxini solishtirish va kafolat shartlariga e’tibor qaratish xaridning foydali bo‘lishini ta’minlaydi. Hozir biz sizga MDC M5 smartfonini xarid qilish uchun 5 ta muhim sababni keltirib o‘tamiz.

O‘QING: MDC M Series – yangi va hamyonbop smartfonlar seriyasi

1-sabab: Narx

MDC M5 ushbu xitoylik brendning boshqa smartfonlari singari boshqa markadagi qurilmalarga qaraganda birmuncha arzonroq narxda taklif etilmoqda. Ayni modelning 2/16 GB versiyasi 765-780 ming so‘m atrofida sotilmoqda. Smartfonga 4 yadroli Mediatek MT6739 protsessori o‘rnatilgan. Qurilma O‘zbekistondagi barcha aloqa operatorlarining 4G tarmoqlarida ishlaydi, unga 2 ta SIM-karta joylash mumkin.

2-sabab: Metall korpus

MDC M5 hamyonbop smartfonlar turkumiga kirishiga qaramay, u to‘liq metall korpus bilan jihozlangan. Bu esa qurilmadan uzoq foydalanishga yordam beradi, uni zarbalardan saqlashga xizmat qiladi. Odatda, bu segmentdagi telefonlarga ishlab chiqaruvchilar plastik korpus ishlatishadi. Ammo MDC smartfonning uzoq xizmat qilishini hisobga olib, temirdan korpus tayyorlagan.

3-sabab: Ekran

Smartfon 5.7 dyuymlik HD+ (1440x720 piksel) aniqligidagi, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli IPS ekran bilan jihozlangan. Bunday o‘lcham hozirda mavjud bozor talablariga mos, aniqligi ham maromida. Ekran yuzasining har bir dyuym maydoniga 320 ta piksel joylangan bo‘lib, ular tasvirning aniq uzatilishini ta’minlaydi. Displey 2.5D AGC qoplam bilan himoyalangan.

4-sabab: Qo‘sh kamera

MDC M5 smartfoniga ikkita asosiy kamera o‘rnatilgan bo‘lib, ikkinchi kamera boke effektini (orqa fonni chaplash) hosil qilish uchun ishlatiladi. 13 megapikselli bosh kamera vazifasini Sony IMX214 moduli bajaradi. Kameraning yorug‘lik o‘tkazish kuchi F/2.2 birligiga teng. Asosiy kamera bilan yaxshi yoritilgan sharoitlarda ajoyib rasmlar olish mumkin.

5-sabab: Kafolat

Barcha hamyonbop brendlarning smartfonlariga O‘zbekistonda 1 yillik kafolat xizmati ko‘rsatilavermaydi. Bunga asosiy sabab kompaniyaning muayyan mamlakatda rasman biznesni yo‘lga qo‘ymagani bo‘lishi mumkin. Ammo MDC kompaniyasi O‘zbekistonda sotilayotgan barcha modellariga bir yillik rasmiy kafolat xizmatini taqdim etadi. Hozirda yurtimizda ushbu kompaniyaning 7 ta servis-markazi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, mijozlarga qulaylik yaratish uchun koll-markaz ham ochilgan bo‘lib, +998 71 203-33-00 telefon raqamlari orqali u bilan bog‘lansa bo‘ladi.

O‘QING: Terashop.uz’da MDC smartfonlari arzonlashdi, yana aksiya ham bor – narxlari bilan tanishing! (2019 yil 23 fevral)