MDC Nova Pro: metall korpusli arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2369
  •  22.10.2018 17:43

MDC Nova Pro: metall korpusli arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi!

O‘zbekiston bozorida qurilmalarining xamyonbopligi bilan ancha tanilib ulgurgan MDC kompaniyasi, avval xabar berganimizdek, arzon modelni sotuvga chiqardi.

O‘QING: MDC Nova Pro: metall korpusli hamyonbop 4G-smartfon tez kunlarda O‘zbekistonda!

Nova Pro deb nomlangan ushbu model zamonaviy smartfon foydalanuvchisi uchun kerak bo‘lgan deyarli barcha asosiy funksiyalar bilan jihozlangan! U hozirda yurtimiz elektronika bozorlarida 720 ming so‘m atrofidagi narxda, 1 yillik rasmiy kafolat bilan xaridorlarga taklif qilinmoqda.

Ushbu gadjetning orqa paneli metalldan ishlangan, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatdagi ekranning kattaligi diagonaliga 5.7 dyuymni tashkil qiladi (1440x720 piksel, 320 dpi). Uning 8 megapiksel aniqlikdagi orqa kamerasi ham, 5 megapiksellik selfi-kamerasi ham  LED-chaqnoqli ekanligi esa ayni muddao!

MDC Nova Pro ishlash chastotasi 1.3 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli Mediatek MTK6737 protsessorida faoliyat yuritadi. Tezkor xotira hajmi 2, ichki xotirasi 16 gigabaytlik, shu bilan birga, qo‘shimchasiga unga 128 gigabaytgacha hajmli microSD-karta o‘rnatish mumkin. Ushbu devays O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlarning 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mazkur smartfon Android 8.1 Oreo platformasida ishlaydi. Shaxsiy ma’lumotlarni barmoq izi bilan himoyalasa bo‘ladi. Bundan tashqari, yuz bilan blokdan chiqarish funksiyasi – Face Lock texnologiyasidan ham foydalanish imkoniyati mavjud. Smartfonda kundalik (video-kontent ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlar, qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, musiqa va hokazo) vazifalarni bemalol bajarish mumkin.

Smartfonning texnik xususiyatlari:

Ekran: 5.7 dyuymlik, IPS (18:9, 1440x720 piksel, 320 dpi);

Protsessor: Mediatek MTK6737, Cortex-A53, 1.3 GGs, 4 yadro;

Xotira: 2 GB tezkor, 16 GB ichki xotira (+128 GB gacha microSD qo‘yish mumkin);

Kamera: 8/5 MP, avtofokus, HDR, Beauty, Panorama, ikkita LED-chaqnoq;

Tarmoq: 2G – GSM850/900/1800/1900MHz; 3G – WCDMA 900/2100MHz;  4G – FDD (1/3/5/8/40);

Aloqa interfeyslari: Wi-Fi 802.11n,  Wi-Fi Direct, Bluetooth 4.0;

Akkumulyator: 3000 mA/s;

Himoya: Barmoq izi skaneri; FaceLock;

Operatsion tizim: Android 8.1 Oreo;

O‘lchamlari: 152x74x9.1 mm;

Vazni: 177 g.

O‘QING: Terashop.uz’dan MDC smartfonlarini xarid qiling – O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 2 oktyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!