MDC Prime Lite – bundan arzoni faqat tekin bo‘lishi mumkin

  •   DiMaX
  •  2214
  •  17.05.2018 17:15

MDC Prime Lite – bundan arzoni faqat tekin bo‘lishi mumkin

Hali ham yaxshi smartfonlarning narxi osmonda bo‘ladi, deb o‘ylasangiz, bu fikringizni o‘zgartirish uchun bizda ajoyib sabab bor! Bugun biz sizga O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan qo‘sh kamerali va romsiz ekranli MDC Prime Lite smartfoni haqida ma’lumot beramiz. Smartfonning narxi 790 ming so‘m atrofida!!! Noyob dizaynga ega bo‘lgan MDC Prime Lite smartfoniga naq 3 ta kamera o‘rnatilgan: 2 ta asosiy va 1 ta selfi-kamera!

O‘QING: MDC Prime Lite – O‘zbekistondagi eng hamyonbop qo‘sh kamerali smartfon

Qo‘shaloq asosiy kameraning aniqligi 13 + 0.3 Mp, bunda ikkinchi kamera telefon orqali boke effektini hosil qilish (orqa fonni chaplash) uchun xizmat qiladi. MDC kompaniyasi ushbu modelga Samsung ISOCELL kamera modulini o‘rnatgan bo‘lib, bu texnologiya piksellarning o‘zaro chaplanib ketishini 30 foizga kamaytiradi va boshqa CMOS BSI sensorlarga qaraganda rang to‘yinishini 30 foizga oshiradi, shu tufayli u orqali olingan rasmlarning sifati boshqalarga qaraganda yaxshiroq chiqadi. Yana bu modulga yangi RWB (Red-White-Blue) rang filtri ham qo‘llanilgan, bu esa kam yoritilgan sharoitda suratga olganda signal/shovqin nisbatini 3 dBga kuchaytiradi. Kamera aperturasi f/2.2 ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich modulga ko‘proq yorug‘lik o‘tishini ta’minlaydi va natijada rasmlarning o‘tkirligini kuchaytiradi. Namoyish burchagi 90 gradus.

Old kamera ham Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan sensor qo‘yilgan, aniqligi 8 megapikselli. Insof bilan aytish kerak, bunday hamyonbop narxdagi smartfon uchun bu ancha yaxshi ko‘rsatkich. Unda ham bir qator suratga olish rejimlaridan foydalanish mumkin.

Xulosa o‘rnida gapiradigan bo‘lsak, MDC Prime Lite o‘z narxi uchun juda g‘aroyib va arzirli smartfon! Uning kameralaridan tashqari boshqa xususiyatlari ham yomon emas (metall ramka, 5.2 dyuymli HD-ekran, 4 yadroli protsessor, 2/16 GB xotira). Eng qizig‘i, MDC o‘z smartfonlari uchun 1 yillik bepul kafolat xizmatini ham yo‘lga qo‘ygan.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: +99871-203-33-00

MDC Prime Lite modelining texnik xususiyatlari:

  • Displey: 5.2 dyuym, HD formatida, IPS, 282 ppi
  • Kamera: asosiy – 13+0.3 MP (Samsung ISOCELL), old kamera – 8 MP (Samsung ISOCELL), apertura – f.2.2
  • Xotira 2/16 GB (microSD 128 GBgacha)
  • Akkumulyator – 2750 mA/soat.
  • Protsessor: 4-yadroli Mediatek MT6737, 1.3 GGs. ARM Mali-T720 MP2, 550 MHz, 28nm
  • Barmoq izi skaneri
  • 4G standarti qo‘llovi.

O‘QING: YouTube-kanalimizga qo‘shiling – MDC Prime Lite videotavsifi joylandi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!