MediaTek Helio X30 – 10 nanometrli birinchi protsessor

MediaTek Helio X30 – 10 nanometrli birinchi protsessor

Xitoyda o‘tkazilgan Vernee matbuot-anjumanida MediaTek Helio X30 protsessorining anonsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur protsessor 10 nanometrli texnologiyada ishlangan ilk chipset hisoblanadi. Xitoyning Mediatek kompaniyasi kutilmaganda yirik raqobatchilari Samsung, Apple, Huawei  va Qualcomm’ni ortda qoldirib, ushbu texnologiyadagi chipsetni yaratishda ilgarilab ketdi. Shuningdek, protsessordagi yangi 820 megagersli PowerVR Series 7XT grafik chip ham diqqatga sazovor, u Imagination Inc. tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 700 megagers chastotadagi Mali-T880 MP4 chipidan 2,4 marta tezroq ishlaydi, 58%ga energiyani tejaydi.

MediaTek Helio X30 protsessori o‘n yadrodan iborat (Cortex-A73, Cortex-A53 va Cortex-A35) uch klasterli tizimdan tashkil topgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, yangi protsessor analoglariga qaraganda 43% tezroq ishlaydi va 53%gacha quvvatni tejash samaradorligiga ega. Helio X30 8 Gbgacha bo‘lgan LPDD4 formatidagi tezkor xotira, UFS 2.1 xotirasi, 28 MPgacha bo‘lgan kamera (Imagiq 2.0 seriyasidagi ikkita ISP), 2560x1600 piksel sig‘imdagi displey va LTE Cat 10 tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.

mediatek_helio_x30_03_resize

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.