Mediatek Helio X30 protsessorining ovozasi

Mediatek Helio X30 protsessorining ovozasi

Shu kunlarda Qualcomm kompaniyasi eng ilg‘or texnologiyalarni o‘zida jamlagan Snapdragon 820 flagman protsessorini ommaga taqdim etdi. Uning raqobatchisi ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. Internetda MediaTek Helio X30 yangi protsessori haqida ma’lumotlar urchidi.

Bu yilda MediaTek kompaniyasi Helio protsessorlarining yangi lineykasini ishga tushirdi. Dastlabki Helio X10ni o‘rta narxli va qimmat smartfonlarning ichiga joylash boshlangan. O‘n yadroli Helio X20 amaliyotga tatbiq etilganicha yo‘q, ammo raqobatchilaridan birmuncha ustunligi va X10ga qaraganda 40 foiz samarali ishlashi oldindan ma’lum.

X30 modeli X20 singari Tri-Cluster arxitekturasida yaratiladi, ammo boshqa yadro ishlatiladi. Kompaniyadan sizib chiqqan xabarga ko‘ra, Helio X30ga 2,5 GGs chastotali to‘rtta Cortex-A72 yadrosi, 1,5 GGs chastotali ikkita Cortex-A53 yadrosi va 1 GGs chastotali ikkita Cortex-A35 yadrosi o‘rnatiladi. Ushbu xabarga ishonsak, X30ning sakkizta yadrosi bo‘ladi.

Ammo Helio X30 haqidagi xabar faqat bu emas. Yoz oxirida OAV orqali tarqatilgan axborotda to‘rt klasterli arxitektura va o‘n yadro haqida so‘z yuritilgan edi. Shuningdek, 4 GB tezkor xotirali LPDDR4 RAM va yorqin grafikali ARM Mali-T880 GPU haqida eslab o‘tilgan.

Yangi protsessorning qachon ishlab chiqarilishi, hozircha, noma’lum.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!