Meizu 16 flagmanlari: narxlari ma’lum, tavsifi ham batafsil

  •   Saroy
  •  1407
  •  16.06.2018 12:46

Meizu 16 flagmanlari: narxlari ma’lum, tavsifi ham batafsil

Yubiley lineyka hisoblangan Meizu 15 samartfoni endigina sotuvda paydo bo‘la boshladi, yozning oxirlariga kelib esa kompaniya “to‘laqonli” flagman hisoblangan  Meizu 16’ni bozorga chiqarishni mo‘ljallayapti. Taqdimotga tayyorlanayotgan qurilmaning orqa tomoni qanday ko‘rinishda bo‘lishini insayderlar avvalroq namoyish qilgandi, endi esa, internet tarmog‘ida smartfonning oldi tomoni ham paydo bo‘ldi.  Shu bilan bir yo‘la, insayderlar  standart modellardan tashqari, katta Meizu 16 Plus’ning ham o‘ziga xos jihatlarini oshkor qildi.

Ishlab chiqaruvchilar Meizu 15 seriyasida klassikaga murojaat qilgan, yangi qurilma esa  cho‘zilgan shakldagi tor romli OLED-displeyi bilan ta’minlandi. Paneli barmoq bosimiga juda sezgir, gap–so‘zlarga qaraganda, apparatning ekranida  barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan, garchi  Meizu 16’da uni kamalakli qobiq bilan ham almashtirish mumkin. Top protsessorlardan  sanalgan Snapdragon 845  ushbu smartfonning yuragini tashkil etadi. Qolaversa, ikkinchi avlod  silkintiradigan matorcha  mEngine va NFC (nihoyat!) ham o‘rnatilgan. Operatsion tizimi  — Flyme 7.5.

O‘QING: Tarmoqlarda Meizu 16 va 16 Pro tavsiflari paydo bo‘ldi

5.6-dyuymli displeyi bo‘lgan  Meizu 16  6 GB tezkor xotira va  64/128 GB ichki xotira bilan ta’minlangan. Asosiy qo‘sh kamera 12+20 megapikselli, old kamera esa 20 megapikselli. Qurilmaning quvvatini  3080 mAch sig‘imga ega akkumulyator ta’minlaydi, shuningdek u  24 Vt gacha quvvatga ega Super Cold mCharge zaryadkasiga ham ega bo‘ladi.

Meizu 16 Plus’da  esa yonlari yassilangan  6.1-dyuymli displey (fotoda aynan  «plyus» tasvirlangan ko‘rinadi) bor. Smartfonning tezkor xotirasi 6/8 gigabayt va ichki xotirasi 128/256 gigabayt. Xabarda aytilishicha, flagmanning ort tarafida ikkitasi 12 megapikselli va uchunchisi 20 megapikselli  uchtalik kamera mavjud, Old kamerasi ham 20 megapikselli.

O‘QING: iPhone X’ni uyaltirgan smartfon

Plus-versiyasidagi akkumulyatorning sig‘imi 3600 mAch, bundan tashqari, quvvati   32 Vt bo‘lgan Super Cold mCharge zaryadkasi bilan, uni simsiz quvvatlantirish ham mumkin. Suvdan himoyasi bormi-yo‘qmi, bu haqda hozircha hech narsa deyilmagan, lekin umid qilish mumkin.

Dastlabki tarqalgan xabarlarga qaraganda,  Meizu 16 qariyb, 470 dollar, 6/128 GB bo‘lgan versiyasini esa 515 dollarga sotib olishingiz mumkin. Xotirasi  6/128 GB  bo‘lgan Meizu 16 Plus’ga 580 dollar to‘lashingiz kerak bo‘ladi, qimmat variant hisoblangan 8/256 GB xotiraga ega qurilma esa 625 dollarga baholangan.

Agar berilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa, Meizu 16 smartfoni OnePlus 6’ning juda zo‘r muqobili bo‘ladi, deyiladi  xabarda.

 Meizu 16 oilasiga kiruvchi  flagmanlarning taqdimoti avgust oyida bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Eng arzon romsiz Meizu M6T rasman namoyish qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.