Meizu 16 haqida yangiliklar bor

  •   Saroy
  •  1106
  •  26.06.2018 14:07

Meizu 16 haqida yangiliklar bor

Bundan avvalroq Meizu  kompaniyasi o‘zining 16 chi modelini katta hayotga olib chiqayotgani haqda ma’lum qilgandik. Endi ushbu smartfon haqida batafsilroq to‘xtalishimizga imkon tug‘ildi. Gap shundaki,  Xitoyning  Weibo ijtimoiy tarmog‘ida hali rasman taqdim etilmagan Meizu 16 smartfonining yangi surati joylashtirildi. Qarshingizdagi surat “jonli” emas, balki kompyuterli render, deyiladi mazkur xabarda.

Rasmga qaraganda, Meizu 16 chor atrofi yupqa romdan iborat bo‘lgan kengformatdagi zamonaviy ekran bilan ta’minlangan. Ustki panelda, odatdagidek, dinamik, old kamera va datchiklar joylashgan. Orqa qopqog‘ida vertekal holatda aylana chaqmoqli qo‘sh kamera joylashgan, xuddi Meizu Pro 6 va Pro 6 Plus modellardagiga o‘xshab. Biroq barmoq izlari skaneri hech joyda ko‘rinmaydi va endi tushinish mumkinki, u  ekran ostiga yoki M6S’dagiga o‘xshatib yon panelga  joylashtiriladi.

O‘QING: Foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida Apple'ga o‘rin tegmadi

Mish-mishlarga qaraganda, Meizu 16  Snapdragon 710 chipi bilan ta’minlanadi, uning akasi Meizu 16 Plus  esa — Snapdragon 845 bilan. Ikkala smartfon ham mis trubkali sovutish tizimiga ega bo‘ladi. Yangi qurilmalarning narxi  469-666 AQSh dollari atrofida bo‘ladi, deyishmoqda. Taqdimot sanasi va boshqa tafsilotlari haqida hozircha hech narsa aytilmayapti.

O‘QING: Kutib oling: Meizu arzon M8 (Meilan 6T)ni taqdim etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!