MEIZU 16 – ILK MA’LUMOTLAR

  •   Saroy
  •  1129
  •  15.05.2018 13:06

MEIZU 16 – ILK MA’LUMOTLAR

Yaqindagina Meizu o‘zining yubiley – 15 modelini taqdim etgan edi. Endi  uning izdoshi – Meizu 16 haqida  mish-mishlar tarqamoqda.

Meizu 15 shubhasiz, xitoyliklar tomonidan qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi. Shunga qaramay, ba’zi bir kamchiliklarni sezmaslik mumkin emas. Endi ishlab chiqaruvchi ushbu kamchiliklar bartaraf etilgan Meizu 16  modelini bozorga chiqarmoqda. Meizu 15  o‘ziga xosligiga qaramay , unda ekran kichik romdan iborat va 18 ga 9 edi.

Bularning barchasi endi chiqayotgan  Meizu 16’da to‘liq bartaraf etilgan. Qurilmaning taqdimoti shu yil avgust oyiga rejalashtirilgan. Telefonning ehtimoliy tashqi ko‘rinishi yaqinda internetda tarqalib ketdi. Afsuski, biz telefonning faqat orqa tomonini ko‘rishimiz mumkin.

O‘QING: Smartfonlar jangi: Xiaomi Redmi 3s Meizu M3s mini’ga qarshi

Shishali Meizu 16

Eng birinchi ko‘zga tashlangan o‘zgarish, bu shishali orqa qopqoq va romi, ular egilgan va so‘zsiz ergonomikasini yaxshilagan. Kamera masalasida esa, hech narsa, deya olmaymiz, chunki o‘zgarish sezilmadi.  Sinsorlar avvalgisining eng kuchli tomoni edi. Bu sifat Meizu 16’da ham kuzatiladi.

Maxfiy front

Gap agar telefonning old tomoni haqda ketayotgan bo‘lsa, bu borada biz faqat fol ochishimiz mumkin, chunki old tomonining fotosurati yo‘q. Biroq, o‘ylashimizcha,  telefon ekrani  18 ga 9 bo‘ladi va Notch, ehtimol ikkita bo‘lar — pastki va ustki. Yaxshisi, rasmiy ma’lumotni kutamiz.

Meizu’ dagi o‘zgarishlar yaxshi tomonga...  

Meizu Samsung va Qualcomm protsessorlari bazasida ko‘plab telefonlarini namoyish etmoqda.  Kompaniya bosqichma-bosqich MediaTek chiplaridan voz kechib, aksariyat mijozlarni xursand qilmoqda.  Ishonchimiz komilki, Meizu 16 ham Qualcomn yoki Samsung protsessorlari boshqaruvi ostida ishlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.