Meizu 16, Meizu 16 Plus va Meizu X8 smartfonlarining narxi e’lon qilindi

  •   Saroy
  •  2220
  •  20.07.2018 09:52

Meizu 16, Meizu 16 Plus va Meizu X8 smartfonlarining narxi e’lon qilindi

Flesh-xotirasi 8 GB va 128 GB bo‘lgan Meizu 16 Plus  490 dollar turadi

Meizu kompaniyasi rahbari Djek Vong (Jack Wong) Meizu 16, Meizu 16 Plus va anchayin arzon turadigan Meizu X8 smartfonlarining narxlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi, ular Xiaomi Mi 8 SE modelidan zo‘r bo‘lishi kerak, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, 6 GB OZU va 64 GB flesh-xotirasi bo‘lgan Meizu 16 350 dollarga baholandi. Flesh-xotirasi sig‘imi ikki barobar ko‘p bo‘lgan versiyasi esa 400 dollar, yana 8 GB OZU va 128 GB flesh-xotira versiyasi ham bor, unga 445 dollar narx belgilangan.

O‘QING:Diqqat! MEIZU yangilanish e’lon qildi

8 GB va 128 GB flesh-xotirali Meizu 16 Plus  490 dollar turadi,  qurilmaning 256 GB flesh-xotiralisi 535 dollarga aylanadi. Ekspertlar bu narx Snapdragon 845 bilan ta’minlangan versiya uchun adolatli, deyishmoqda.

Shuningdek, Snapdragon 710 versiyasi ham bor, u xotira sig‘imidan kelib chiqib  250 dan 300 dollargacha narxlanadi.

Meizu X8 esa  220 dan 290 dollargacha bo‘lgan narx bilan xaridorlarga taklif etilmoqda.

O‘QING:Meizu 16 smartfonida olingan surat namunasi tarmoqlarda namoyish etildi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!