Meizu 16 Plus sinovdan o‘tdi

  •   Saroy
  •  692
  •  18.07.2018 12:38

Meizu 16 Plus sinovdan o‘tdi

Gizchina resursi  Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan yangi Meizu 16 Plus smartfoni haqida ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi. Qurilmaning  Antutu test natijalari ham oshkor etilgan.

Agar surat aldamasa, ushbu devays eng kuchli  Android-smartfon bo‘ladi. Test natijalariga ko‘ra, u 291866 ball yig‘a olgan. Masalan, o‘tgan oyda  Antutu iyun oyining eng kuchli smartfonlari ro‘yxatini e’lon qilgandi. O‘shanda  ro‘yxatda birinchi o‘rinni 287759 ball bilan Xiaomi Black Shark smartfoni egallagan edi.   

O‘QING:Meizu 16 flagmanlari: narxlari ma’lum, tavsifi ham batafsil

Gap-so‘zlarga qaraganda, Meizu 16 Plus   6.5-dyuymli AMOLED-displeyi, ekran ostida barmoq izlari skaneri,  Snapdragon 845 protsessori, hamda  6/8 GB OZU bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, smartfonning oddiy versiyasi ham namoyish etilishi kerak. U  Snapdragon 710 chipi va  6.1-6.3 dyuymli displeyga ega bo‘ladi.

O‘QING:Meizu 16: uni imo-ishora bilan ham boshqarish mumkin

Ikkala smartfon ham kelasi oyda omma e’tiboriga havola etilishi kerak. Qurilmalarning taxminiy narxlari  450-600 AQSh dollari atrofida bo‘ladi. Meizu 16 Plus’ga qanday smartfonlar yaqin raqobatchi bo‘lishi mumkin, degan savolga aksariyat ekspertlar Xiaomi Mi 8 SE  va Mi 8 Explorer Edition smartfonlarini aytishmoqda.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.