Meizu 16 va 16 Plus: narxlar flagmanchasiga bo‘ladi

  •   Saroy
  •  1031
  •  18.06.2018 17:11

Meizu 16 va 16 Plus: narxlar flagmanchasiga bo‘ladi

Xitoyning Gizchina va Mydrivers portallarida bo‘lajak  Meizu 16 va 16 Plus smartfonlari haqda xabar tarqaldi. Ma’lumotda asosiy gap yangi qurilmalarning narxi va tavsifi haqida borgan.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, faqat flagman Meizu 16 Plus Qualcomm Snapdragon 845 chipi bilan ta’minlayapti.  Meizu 16’ga ham yangi, lekin kuchsizroq Snapdragon 710 chipi o‘rnatiladi. Ikkila qurilma ham NFC-modulisiz bozorga chiqariladi, biroq juda kerak bo‘lsa ishlab chiqaruvchi qurilmani NFC-moduli bilan ham jihozlashi mumkin.

O‘QING: Foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida Apple'ga o‘rin tegmadi

Mish-mishlarga qaraganda,  6 gigabaytli tezkor xotira va  128 gigabaytli ichki xotiraga ega Meizu 16  527 dollarga baholangan.  8 gigabaytli OZU versiyasi esa  559 dollar turadi. 6 yoki 8 gigabaytli tezkor xotiraga ega va  128 yoki  256 gigabaytli ichki xotiraga ega Meizu 16 Plus 559 dan 666 dollargacha turadi.

Meizu 16   20 va 12 megapikselli asosiy qo‘sh kamera bilan ta’minlanadi. Selfi-kamerasi 20 Mp modulini olgan. Qurilmaning mustaqil ishlashini  3080 mAch sig‘imga ega batareya ta’minlaydi, tezkor zaryadkasi Super Cold mCharge bo‘lib, uning kuchi 24 Vt gacha.

Meizu 16 Plus ikkita 12-megapiksel va 20 Mp modulli uchtalik kamera bilan jihozlangan.  Akkumulyator sig‘imi — 3600 mAch. 32 Vt li Super Cold mCharge tezkor zaryadkasi bor. Ikkala qurilma ham avgustda namoyish etiladi.

O‘QING: Eng arzon romsiz Meizu M6T rasman namoyish qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!