Meizu 16X: anchayin soddalashtirilgan Xitoy smartfonining siri ochildi

  •   Saroy
  •  1092
  •  25.08.2018 10:18

Meizu 16X: anchayin soddalashtirilgan Xitoy smartfonining siri ochildi

Meizu kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Djek Vong (Jack Wong) ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchilarning  Meizu 16X smartfoni borasida savollariga javob berdi. Uning ma’lum qilishicha, qurilma flagmanning soddalashtirilgan versiyasi bo‘lishi lozim. Unda ham ekranga o‘rnatilgan barmoq izlari skaneri bo‘ladi.

Djek Vongning  ta’kidlashicha, Meizu 16X’ning boshqa asosiy modellardan farqli jihati, uning  protsessoridir. Qurilma  Snapdragon 710 protsessorida ishlaydi. Taxmin qilinishicha,  Meizu 16X dizayni va asosiy  jihatlari bilan Meizu 16’dan aslo qolishmaydi, deb xabar beradi GSMArena.

O‘QING:2019 yilda Meizu 17 chiqmaydi, o‘rniga...

Shunday qilib, yaqin kunlarda Meizu kompaniyasi ekranda barmoq izlari skaneri joylashtirilgan ilk arzon smartfonni taqdim etishi mumkin. Gap-so‘zlarga qaraganda, ushbu qurilma 400 dollar atrofida turadi. Hozir ushbu pulga o‘tgan avlod Meizu 15’ni sotib olsa bo‘ladi:

Meizu 16X smartfonining qolgan tavsifi quyidagicha:

  • Displeyi6 dyuymli, 18:9, 2160×1080 piksel;
  • ProtsessoriQualcomm Snapdragon 710;
  • Kamerasi:12+20 Mp asosiy va 20 Mp old kamera;
  • Xotirasi6 GB tezkor + 64 GB ichki xotiraga ega bo‘ladi.

O‘QING:Meizu M6: «Malika»dagi narxiga munosib flagman

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.