Meizu Box TV-pristavkasini ovoz bilan boshqarish mumkin

Meizu Box TV-pristavkasini ovoz bilan boshqarish mumkin

Kuni kecha Meizu M5 modelidan tashqari xitoylik kompaniya Meizu Box nomli TV-pristavkasini ham namoyish qildi. Gadjet chiroyli dizaynda ishlangan, u dumaloq qirrali uchburchak shakliga ega. Pristavka USB va HDMI portlar bilan jihozlangan, Dolby formatidagi audio va videoni qo‘llab-quvvatlaydi, qurilma 2 GGs chastotali Mali-450 grafik tezoatkichi sozlangan to‘rt yadroli A53 protsessorida ishlaydi.

5P3RtToX0USuN2rVhawD9xAuZz2qZz2t

Operativ xotiraning sig‘imi – 1 GB, doimiy xotira esa – 8 GB. TV-pristavka Android 6.0. dasturiga asoslangan Flyme TV interfeysida faoliyat yuritadi. Mazkur interfeys yordamida smartfondagi kontentni televizorga chiqarish mumkin.

Gadjetga ilova qilingan Bluetooth moduli orqali ishlaydigan distansion pult 8 metr radiusda ishlay oladi. Modelning cheklangan partiyasi 44 AQSh dollari narxida Xitoyda sotuvga chiqadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!