Meizu’dan yana bitta yangi smartfon: M8 Note «jonli» rasmlarda!

  •   DiMaX
  •  405
  •  01.10.2018 11:51

Meizu’dan yana bitta yangi smartfon: M8 Note «jonli» rasmlarda!

O‘zbekiston bozoriga o‘z mahsulotlarini rasman taqdim etib kelayotgan Meizu kompaniyasi yana bitta yangi modelini tayyorlamoqda. Kuni kecha TENAA tomonidan e’lon qilingan «jonli» surat shundan dalolat bermoqda.

O‘QING: MEIZU smartfonlarining originalligini va O‘zbekistonda sertifikatlanganligini aniqlaymiz

Mazkur brendning Note turkumidagi smartfonlari keng ekrani, yaxshi texnik jihatlari va munosib narxi bilan xaridorlar e’tiboriga tushgan. Ularning navbatdagisi M822Q model raqami ostida TENAA’da ro‘yxatga olindi. Meizu M8 Note modeli tarzida taqdim etilishi taxmin qilingan bu gadjetning «jonli» suratlari ham TENAA saytida chiqqan:

Ushbu fablet yaqin orada rasman taqdim etilishi mumkin, ammo hozircha uning texnik jihatlari borasida ma’lumot yo‘q. Faqat uning diagonaliga 5,99 dyuymlik ekrani 2160x1080 piksellik tasvir sifatiga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Xabaringiz borki, Meizu kompaniyasining shu paytgacha xalqaro bozorga chiqarilgan bir qator rusumlardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Arzonlashtirilgan Meizu smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 14 sentyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.