Meizu M8 Note Samsung Exynos 9610 flagman chip bilan ta’minlanadi

  •   Saroy
  •  1152
  •  10.07.2018 16:03

Meizu M8 Note Samsung Exynos 9610 flagman chip bilan ta’minlanadi

Xitoyning ReaMeizu portali  Meizu bilan  Samsung kompaniyalari o‘rtasida  muzokara olib borilayotgani haqida ma’lum qildi. Xabarning mavzusi  mobil chiplarini Xitoy smartfonlarida, yanayam aniqrog‘i Meizu’ning kelgusi apparati  –M8 Note uchun foydalanish haqida bo‘lgan.

O‘QING:Meizu X8 smartfoni: narxi ma’lum bo‘ldi, raqibi ham

Xitoyning ushbu kompaniyasi Mali-G 72 MP3 grafikali 10 va 8 yadroli mobil Exynos 9610 protsessorini oladi. Chipset Exynos 7 seriyasiga mansub bo‘lib, qimmat smartfonlarga o‘rnatishga mo‘ljallangan.  Protsessori yuzni tanish va hatto bittalik kamerada ham yon tomon effektini yaratish uchun  neyrotarmoq bilan jihozlangan, simsiz ishga tushiriladi va saniyasiga 480 videokadr yozish imkoni bor. Flagman chip Meizu M8 Note smartfoniga o‘rnatilishi kerak. Yangi qurilmaning anonsi kuzning o‘rtalariga yoki oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu qurilma bilan birgalikda uning ukasi  Meizu M8 ham taqdim etilishi kerak. Flagmanning tavsifi  haqida boshqa hech qanday ma’lumot berilmadi.

O‘QING:Meizu 16 Plus smartfoni haqida rasman ma’lumot berildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!