Meizu M8C smartfonini taqdim etdi

  •   Saroy
  •  735
  •  25.05.2018 15:34

Meizu M8C smartfonini taqdim etdi

Moskvada bo‘lib o‘tgan Meizu Show 2018 doirasida yangi Meizu M8C arzon smartfoni namoyish qilindi.

Apparat  tomonlar nisbati 18 ga 9 bo‘lgan,  Snapdragon protsessorli  5,45-dyuymli displeyga ega va to‘rtinchi avlod tormog‘i bilan qo‘llab-quvvatlangan. 

Gadjet M8C 1440x720 pikselli (18:9) formatdagi ekran bilan jihozlangan. Ichida to‘rtyadroli Snapdragon 425 protsessori o‘rnatilgan, uning takt chastotasi 1,4 GGs’ga teng, grafik tezlashtirgichi Adreno 308, tezkor xotirasi  2 GB va ichki xotirasi 16 yoki  32 GB’gacha. Bundan tashqari,  yana microSD kengayish imkoni bo‘lgan kartasi ham bor. Akkumulyatorining sig‘imi 3 070 mAch’ni tashkil etadi.

O‘QING: Kutib oling: Meizu arzon M8 (Meilan 6T)ni taqdim etdi

Smartfonning bitta asosiy kamerasi bor va f/2,2 yorug‘lik kuchidagi 13 Mp formatiga ega. Seriyali suratga olish va manzara yaratish imkoniyati ham bor. Fotolarni ArcSoft kompaniyasining algoritmlari qayta ishlaydi.  f/2,0 diafragmali old kamerasi 8 Mp formatida hamda unda Face AE texnologiyasi qo‘llaniladi.

Yangi qurilmada barmoq izlari skaneri yo‘q. Boshqa o‘ziga xosliklari haqida gapiradigan bo‘lsak,  uning 4G LTE’da ishlaydigan ikkita SIM kartaga egaligini aytishimiz mumkin. Qurilmaning tashqi o‘lchami  146,4 x 70 x 8,5 mm, og‘irligi esa  140 gramdan iborat.

Meizu M8C’ga avvaldan buyurtma berish imkoni bor va u qora, moviy, tilla va qizil rangda yetkazib beriladi. Qurilmaning narxi 162 dollar atrofida.

O‘QING: Yangi Meizu M8c smartfoni Xiaomi Redmi 5A uchun munosib raqib

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!