Meizu’ning ilk romsiz smartfoni suratlari tarqaldi

  •   DiMaX
  •  973
  •  22.11.2017 10:36

Meizu’ning ilk romsiz smartfoni suratlari tarqaldi

Smartfonsozlikda bu yil trendga kirgan yangiliklardan biri – ekranning romsizligi bo‘lsa, ikkinchisi – uning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lishidir. Xitoydagi Meizu kompaniyasi hanuz ushbu standartlarga mos qurilma ishlab chiqarganicha yo‘q. Ammo insayderlar internetda tarqatgan rasmlarga ko‘ra, u allaqachon shunaqa smartfon tayyorlagan, deya xabar beradi GSMArena.

O‘QING: iPhone X’dagi innovatsiya bo‘yicha Apple’ga qarshi Meizu va MediaTek maydonga tushyapti!

Joriy yilning sentyabrida Meizu kompaniyasi mblu Zero nomli smartfon tizerini e’lon qilgan, unda atrofida romi umuman mavjud bo‘lmagan displeyning bir burchagi ko‘rsatilgan edi. Ammo o‘shandan beri bu model haqida hech qanday ma’lumot chiqmadi.

Biroq Meizu undan tashqari yana bitta smartfon tayyorlayapti va u zamonaviy romsiz qurilmalarga juda-juda o‘xshash. Ehtimol, bu – Meizu MX7 flagmanining yangicha versiyasi yoki M Note turkumining yangi avlod qurilmasidir. To‘g‘ri, uning ekrani yuqori va pastki qismlarida romlar baribir mavjud, ayniqsa ostki romi enli. Displeyi umuman romsiz mblu Zero esa kompaniyaning 2018 yilgi flagmani bo‘ladi.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Marhamat, hali taqdim etilmagan yangi smartfonning internetga chiqarilgan rasmlari bilan tanishing:

Fotosuratlarda ko‘rinib turganidek, smartfonning korpusi metalldan bo‘ladi. Aftidan, unda Meizu’ning o‘z ishlanmasi – mTouch tugmachasidan voz kechishadi, daktiloskopik skaner esa orqa panelga ko‘chiriladi.

Shuningdek, korpusning orqa panelida kameraning qo‘shaloq moduli ham ko‘zga tashlanadi. Biroq kompaniya uchun bu yangilik emas – u Meizu 7 Pro flagmanidayoq qo‘sh ob’yektivli asosiy kamera trendiga qo‘shilgan.

O‘QING: Meizu Pro 7 taqdim qilindi: 2 ta rangli ekranga ega ilk smartfon

Meizu’ning ilk romsiz smartfoni xususiyatlari, narxi, taqdimot sanasi va boshqa ma’lumotlari hozircha aytilmagan. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!