Meizu’ning noma’lum yangi smartfoni testdan o‘tdi

  •   Saroy
  •  467
  •  16.10.2018 15:11

Meizu’ning noma’lum yangi smartfoni  testdan o‘tdi

Geekbench ma’lumotlar bazasida M1822 model raqami bilan yangi Meizu smartfoni paydo bo‘ldi. Chamasi, Geekbench yangi qurilmaning ishlash samaradorligini testdan o‘tkazgan.

Geekbench tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, yangi qurilma 4 GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi, shuningdek u OS Android 8.1 Oreo versiyasida ishlaydi. Qurilmaning ishlashini sakkiz yadroli protsessor nazorat qiladi, uning takt chastotasi 1.8 GGs.

O‘QING:Meizu X8 kompaniyaning ekranda qirqmasi bor ilk smartfoni bo‘ldi

Testda qurilmaning ish unumdorligi o‘zini yaxshi tomonini ko‘rsatdi: 1484 ball bir yadrolisiga va  5639 ball ko‘p yadrolisiga berildi.

Afsuski, hozircha Meizu’ning qanday smartfoni testdan o‘tganini bilish qiyin. Faqat shuni taxmin qilish mumkinki, yangi qurilma Meizu M6S  yoki Meizu M6T modellarining merosxo‘ri bo‘lishi mumkin. Ushbu qurilmalar joriy yilning boshlarida anons qilingan edi.

O‘QING:Dunyoga yangicha nazar tashlamoqchimisiz: MEIZU PRO 7 va MEIZU PRO 7 plus bilan tashlang

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!