MEIZU smartfonlarining originalligini va O‘zbekistonda sertifikatlanganligini aniqlaymiz

  •   DiMaX
  •  1179
  •  28.09.2018 15:28

MEIZU smartfonlarining originalligini va O‘zbekistonda sertifikatlanganligini aniqlaymiz

O‘zbekistonda keyingi bir yil ichida juda ommalashib borayotgan smartfon brendlaridan biri, shubhasiz, MEIZU hisoblanadi. Ushbu kompaniya o‘z mahsulotlariga rasmiy kafolat berishi, servis xizmati ko‘rsatishi bilan ham ishonch qozonmoqda.

O‘QING: Xushxabar: Meizu’ning nafaqat rasmiy do‘koni, balki servis markazi ham ochilyapti!

Lekin shunisi ham borki, yurtimizga turli aylanma yo‘llar bilan olib kelingan smartfonlar ham bo‘ladi. Ular O‘zbekiston hududida sotish va servis xizmati ko‘rsatish sertifikatiga ega bo‘lmaydi.

Xo‘sh, MEIZU smartfonining originalligini, shuningdek, O‘zbekiston hududida rasman savdoga chiqarilgani va unga bu yerda kafolatli servis xizmati olish mumkin yoki yo‘qligini aniqlaymiz?

Buni aniqlash yo‘lini kompaniyaning o‘zi Telegram-kanali orqali ma’lum qildi. Unga ko‘ra, buning uchun MEIZU kompaniyasining rasmiy saytidagi mana bu maxsus sahifaga kirasiz: www.meizu.uz/service/verify

Ko‘rsatilgan maydonchaga MEIZU smartfonining IMEI-kodini kiritasiz. Agarda MEIZU smartfonida ikkita IMEI-kodi mavjud bo‘lsa, u holda faqat birinchisini (IMEI1) kiritasiz, IMEI2 kodini kiritish shartmas. Kodni kiritgach, «Tekshirish» («Proverit») tugmachasini bosasiz va natija darhol chiqadi.

Aytish kerakki, MEIZU brendiga mansub ko‘plab modellardagi smartfonlar Terashop.uz internet-do‘konimizda savdoga qo‘yilgan. Ularning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega ekanligi, uydan yoki ofisdan chiqmasdan turib buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: Arzonlashtirilgan Meizu smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 14 sentyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.