Meizu X8 kompaniyaning ekranda qirqmasi bor ilk smartfoni bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1058
  •  12.10.2018 14:39

Meizu X8 kompaniyaning ekranda qirqmasi bor ilk smartfoni bo‘ldi

Qariyb, bir oy avval Meizu kompaniyasi Meizu 16X, Meizu V8, Meizu V8 Pro va Meizu X8 smartfonlarini taqdim etgan edi, ammo faqat shu haftaga kelib  Meizu X8 modeli 15 oktyabrda sotuvga chiqishi e’lon qilindi. Hatto narxi haqida ham ma’lumotlar oshkor etilmoqda.

Meizu X8’ning 4 GB OZU va 64 GB flesh-xotirasiga ega versiyasi taxminan  230 dollarga baholandi,  260 dollar esa ushbu apparatning 6 GB tezkor xotiralisiga belgilangan. Agar flesh-xotirasi sig‘imi ikki barbarga oshirilsa, ya’ni  6 GB OZU bo‘lsa, uni 290 dollarga xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING:Dunyoga yangicha nazar tashlamoqchimisiz: MEIZU PRO 7 va MEIZU PRO 7 plus bilan tashlang

Meizu X8 ishlab chiqaruvchining ekranida qirqmasi bor ilk smartfoni bo‘ldi. Ushbu qurilmaning diagonali 6,15 dyuym bo‘lib, formati Full HD+. Smartfonga SoC Snapdragon 710 o‘rnatilgan, akkumulyator sig‘imi 3210 mAch. Daktiloskopik datchigi orqa panelda joylashgan.

Kamerasi asosan, Sony IMX 362’ 12-megapikselli datchigidan foydalanadi va  5 Mp bo‘lgan yana bir formatga ham ega. Old kamerasi 20 Mp formatida.

O‘QING:Meizu 16: sopol korpusli arzon smartfon taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!