Meizu Xiaomi’ga javob tayyorlayapti

Meizu Xiaomi’ga javob tayyorlayapti

Bundan bir necha kun oldin Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi Mix nomli ramkasiz smartfonni taqdim qilgan edi.  Innovatsion model juda ko‘p foydalanuvchilar va mutaxassislarning e’tiborini jalb qildi.

Bugun Shina Review nashrida paydo bo‘lgan xabarga ko‘ra, yana bir xitoylik texnologiya giganti Meizu firmasi Xiaomi’ning mazkur smartfoniga o‘xshash ramkasiz model ustida ish boshlagan. Xabarda yozilishicha, Meizu’ning ushbu smarfoni katta e’timol bilan dekabr oyida namoyish qilinishi mumkin.

1478422125_meizu-mi-mix

Hatto Meizu’ga qarashli yangi ramkasiz smartfonning konsept suratlari Xitoy mikroblogi – Weibo tarmog‘ida e’lon qilingan. Modelning old paneli butunlay ramkalardan xoli (Xiaomi Mi Mix modelining quyi qismida kichik ramka mavjud).

Taxminlarga ko‘ra, barmoq izi skaneri tovushli bo‘lib, ekranning o‘ziga integratsiyalangan bo‘lishi mumkin. Ko‘ramiz, Meizu bu gal qanday gadjet bilan barchani lol qoldirar ekan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!