Mercedes-Benz eCitaro elektroavtobusi namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  1073
  •  13.07.2018 14:08

Mercedes-Benz eCitaro elektroavtobusi namoyish qilindi

Daimler Buses kompaniyasi mashhur Mercedes-Benz Citaro avtobusining to‘liq elektrlashtirilgan variantini namoyish qildi.

O‘QING:Apple elektrokar yaratish loyihasini chetga surdi

Shahar avtobusi Mercedes-Benz eCitaro quvvati 335 ot kuchiga ega dvigatel bilan ta’minlandi. Aylantirish soniyasi  — 970 Nm. O‘ntagacha litiy-ion batareyasi bor. Ular mashinaning orqa qismi va tomiga o‘rnatilgan. Komplektatsiyasidan kelib chiqib, avtobus oltita, sakkizta yoki o‘nta akkumulyator bilan jihozlanadi.  Ularning jami kuchi  243 kVtch’ ni tashkil etadi. Alohida-alohida har bir blok   25 kilovatt-soat sig‘imiga ega.  Eng og‘ir Mercedes-Benz eCitaro (barcha moduli bilan) 13,5 tonnadan iborat.

O‘QING:Haftasiga besh mingta: Tesla ushbu ko‘rsatkichni yana qancha ushlab tura oladi?

Yangi shahar elektr avtobus bilan sentyabr oyida  bo‘lishi mo‘ljallanayotgan IAA Commercial Vehicles ko‘rgazmasida batafsil tanishish mumkin. O‘shanda yangi mashinaning narxi haqida ham ma’lum qilinsa kerak. Avtobusni ishlab chiqarish 2018 yilning oxirgi oylarida boshlanadi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Gamburg hokimiyati Mercedes-Benz eCitaro’dan  allaqachon 20 dona buyurtma qilib qo‘yibdi.

O‘QING:Chrysler Portal – yo‘lovchilar yuzi va ovozini taniydigan elektromobil

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!