Mi 8 kamerasi ilk hayratlanarli suratni oldi

Mi 8 kamerasi ilk hayratlanarli suratni oldi

Xiaomi Mi 8 flagmani taqdimotiga juda oz qoldi. Aniqrog‘i bu mobil aloqa vositasi ertaga Xitoyda tantanali ravishda taqdim qilinadi. Apple kabi bu xitoylik kompaniya ham muntazam ravishda yangi texnologiyalar bilan elektron vositalarini boyitishga katta e’tibor qaratmoqda. Taqdimot marosimi munosabati bilan e’lon qilingan reklama roligida Xiaomi samoga raketa yo‘llagani aks etgan. Kim bilsin, ehtimol tez orada Xiaomi sun’iy yo‘ldoshlari samo bo‘ylab parvoz qiladigan fursat ham yetib kelgan bo‘lsa kerak.

Hozircha esa, shubha yo‘qki, ertangi taqdimotda Xiaomi Mi 8 misoli raketa bo‘lib, jamoatchilik e’tiborini qozonadi.

O‘qing: O‘zbekiston bo‘yicha eltib beriluvchi Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 29 may) – pulini xaridingiz qo‘lingizga tekkanidan so‘ng to‘laysiz!

Smartfonda qo‘sh datchikli bosh kamera tatbiq qilingan. Ulardan biri 20 Mp (f/1.7), boshqasi 16 Mp (f/2.0). Shuningdek, bu kamera «sun’iy aql» – AI texnologiyasi bilan boyitilgan. Bugun kompaniya bo‘lajak flagmanning fotosurat olish imkoniyatlarini ko‘z-ko‘z qildi. Xiaomi Mi 8 olgan ilk surat kompaniya muxlislarining e’tiborini tortyapti. Suratni o‘zingiz tomosha qiling.

Surat quyisida uning Mi 8 SE modelida suratga olingani qayd etilgan. Demak, Mi 8 kamerasi bundan ham yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Boisi, uning protsessori eng kuchli bo‘ladi. Surat sifati esa chipsetga ham bog‘liq. Yuqoridagi suratning tungi sharoitda olinganini hisobga olsak, natija yomon emas.

Ma’lum qilinishicha, flagmandagi 6,2 dyuymli ekranning piksellar sig‘imi FullHD+ bo‘ladi. Uning platforma samaradorligi Snapdragon 845, 6/8 Gb tezkor xotira bilan "qurollantirilgan". Devaysning akkumulyator sig‘imi 3300 mA soat bo‘ladi va u eng so‘nggi texnologiya asosida tezkor quvvat oladi. Smartfonda qiyofani 3D skanerlash orqali tekshiradigan tizim joriy qilinadi. Hozircha flagman bahosining 500 AQSh dollaridan oshmasligi aytilmoqda. Shu bilan birga, kompaniya mazkur smartfonning Xiaomi Mi 8 SE nomli Snapdragon 710 protsessoriga ega, nisbatan arzon talqinini ham sotuvga chiqaradi.

O‘qing: Xiaomi Mi 8 – yilning eng yaxshi smartfoni bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.