Mi 8 Plus ham taqdim qilindi

Mi 8 Plus ham taqdim qilindi

Ayni paytda Xitoyda davom etayotgan maxsus tadbirda Xiaomi kompaniyasi uchta yangi smartfon — Mi 8, Mi 8 Explorer Edition (Plus talqin) flagmanlari hamda o‘rta imkoniyatli Mi 8 SE modellarini taqdim qildi.

Xiaomi Mi 8 Explorer Edition modelining o‘ziga xosligi old panelda, ekran yuqorisidagi maxsus kemtik qismdan o‘rin olgan Face ID tizimi bo‘ldi. Mazkur xavfsizlik tizimi Xiaomi kompaniyasining o‘ziga qarashli. Oddiy talqindagi Mi 8 modelida bunday jihat mavjud emas.

O‘qing: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Ya’ni, Xiaomi Mi 8 Explorer Edition modelida foydalanuvchi yuzini tekshiruvdan o‘tkazish uchun maxsus infra-qizil nurli moduldan foydalanilgan. iPhone X kabi bunday kamera tizimi ham inson yuzidagi nuqta va belgilarni tekshiruvdan o‘tkazadi. Kompaniya bu texnologiyani Apple'dan o‘zlashtirish bilan birga, unga alohida nom ham o‘ylab o‘tirmadi va Face ID deb nomlab qo‘ya qoldi.

Face ID bilan birga, Mi 8 Explorer Edition modelining ekraniga virtual tarzda ishlaydigan barmoq izi skaneri ham o‘rnatilgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu skanerining ishlashi Vivo kompaniyasi taqdim etgan shunday muqobil texnologiyadan ancha aniq va tezkor.

Xiaomi Mi 8 Explorer Edition telefon apparati Xitoyda 577 AQSh dollaridan sotiladi.

O‘qing: "Malika"dagi "selfi-killer" — Redmi S2'ni o‘rganamiz