Mi A2 va Mi A1: 7 ta farqni topamiz!

Mi A2 va Mi A1: 7 ta farqni topamiz!

Kecha Ispaniya poytaxti Madridda Mi A2 smartfoni hamda uning soddaroq talqini Mi A2 Lite modeli taqdim qilindi. Quyida Mi A2 smartfoni hamda uning o‘tgan yilgi "ajdodi" bo‘lgan Mi A1 modelining farqli jihatlarini o‘rganib olamiz.

1. Mi A2 modeli Qualcomm Snapdragon 660 protsessori bilan ta’minlangan bo‘lsa, o‘tgan yilgi model uchun bir oz soddaroq chip -- Qualcomm Snapdragon 625 tanlangan edi. Ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari unchalik ham farq qilmaydi. Biroq, yangi modelda dasturiy va apparat ta’minoti tizimlari muvofiqlashtirilgani uchun uning platformasi kuchli.

2. Shu bilan birga, Mi A2 modeli uchun 20 megapikselli bosh kamera o‘rnatilgan bo‘lsa, "akasi" 2017 yilda 5 megapikselli selfi kameraga ega bo‘lgan edi.

3. Bosh kamera imkoniyatlari bo‘yicha ham Mi A2 modeli ilg‘or: uning qo‘sh sensorli kamerasi uchun 12 va 20 megapikselli sensorlar tanlangan. Mi A1 bosh kamerasi esa 12+12 megapikselli sensorlardan iborat.

4. Xotira masalasida ham Mi A2 smartfoni uchun tanlangan xotira kartalari ma’lumotni yozish va o‘tkazishda bir oz tezkor.

5. Mi A2 modelida displey hajmi kattalashib, 5,99 dyuymli ekran sig‘imi 2160 x 1080 belgiga teng. Shuningdek, unda selfi uchun fotochaqnoq ham joriy qilingan.

6. Bu yilgi talqinda eng so‘nggi texnologiyalar, jumladan Bluetooth 5.0 standarti joriy qilingan. Oldingi modelda Bluetooth 4.2 edi.

7. Smartfon bozoridan endi Mi A2 modelining 6 Gb tezkor hamda 128 Gb doimiy xotira talqinini ham topish mumkin. O‘tgan yilgi model 4/64 Gb bilan kifoyalangan edi.

Yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, Xiaomi saxiylik qilib, bu yilgi modelning qadog‘iga smartfon uchun shaffof tusdagi silikon chexol ham taqdim qilmoqda.

O‘qing: Xiaomi’dan “ispancha duet”: Mi A2 va Mi A2 Lite taqdim qilindi

Xiaomi Mi A2 texnik jihatlar:

Platforma: Android Oreo (Android One);

Displey: 5,99", 2160 x 1080 belgi, 18:9, 403ppi, 1500:1, IPS, 2,5D shaklidagi Gorilla Glass 5 shishasi;

Kamera: qo‘sh, 12 Mp, (Sony IMX486, 1,25 mkm, f/1.75) + 20-Mp (Sony IMX376, 2 mkm, TetraCell, f/1.75), 4K@30fps;

Old kamera: 20 Mp, Sony IMX376, 2 mkm, Super Pixel, HDR;

Protsessor: 8 yadro, 4 x 2,2 GGs + 4 x 1,8 GGs, Qualcomm Snapdragon 660;

Grafik chip: Adreno 512 650 MGs;

Operativ xotira: 4/6 GB LPDDR4X;

Doimiy xotira: 32/64/128 GB eMMC 5.1;

Xotirani kengaytirish: yo‘q;

Boshqa jihatlar: GPS, GLONASS, Bluetooth 5.0 HID, Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), 2x2 MU-MIMO, USB Type-C;

nano-SIM: 2 ta sim-karta;

Barmoq izi skaneri: bor;

Akkumulyator: 3010 mA soat, QuickCharge 3.0 18W tezkor quvvatlash;

O‘lchamlari: 158,7 x 75,44 x 7,3 mm;

Vazni: 168 gramm.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!