Mi Max 3 AnTuTu'da imtihon topshirdi

Mi Max 3 AnTuTu'da imtihon topshirdi

Nihoya topayotgan haftada axborot texnologiyalari olamining qiziqarli voqealari sifatida Meizu 16 hamda Meizu X8 smartfonlarining chiqishi haqidagi xabarlarning tasdiqlanishini, Honor Note 10 taqdimot kuning ma’lum qilinganini va albatta, Xiaomi Mi Max 3 taqdimotini aytish mumkin.

Bu yil ham xitoylik kompaniya o‘zining "lopatofoni"ga ilg‘or chipset qo‘yishga hafsala qilmadi. Qualcomm ishlab chiqargan Snapdragon 636 mobil protsessori imkoniyatlariga ko‘ra o‘rta darajali platforma sanaladi.

Chipset bugungi kunga qadar juda ko‘plab smartfonlarga joriy qilingan. Misol uchun, Nokia X6, Xiaomi Redmi Note 5, Xiaomi Redmi Note 5 Pro. Shuning uchun uning samaradorligidan biror syurpriz kutish - xato.

AnTuTu natijalariga ko‘ra, Xiaomi Mi Max 3 118 000 ball to‘plagan. Ya’ni, smartfonda ayni paytda mavjud barcha o‘yinlarni o‘ynash mumkin. Foydalanuvchi Xiaomi Mi Max 3 modelida samaradorlik bilan bog‘liq biror muammoga duch kelmaydi.

Snapdragon 636 chipseti bilan birga, smartfon sig‘imdor operativ xotiraga ega bo‘lgani - yanada yaxshi jihat. Smartfon qotmaydi va yuklash ishlarini tezkor amalga oshiradi.

Planshetofon ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Xiaomi tizimni hamda apparat ta’minotini o‘zaro uyg‘unlashtirishga diqqat qilgan. Buni benchmark natijalaridan ham bilish mumkin. Shuning evaziga Mi Max 3 undagi platformaga ega bo‘lgan Redmi Note 5 hamda ASUS ZenFone Max Pro (M1) kabi devayslardan ko‘proq ball to‘plagan. Misol uchun, Redmi Note 5 modeli 116.663 ball to‘plagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 6.99 dyuymli Xiaomi Mi Max 3 displeyining piksellar sig‘imi Full HD+. Devays 1.8 Ggs chastota intervalida ishlaydigan 8 yadroli chipset boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Undagi tezkor xotira sig‘imi 4 yoki 6 gigabaytli. Shunga muvofiq, doimiy xotira sig‘imi 64 yoki 128 gigabaytli.

Ikki SIM kartali Xiaomi Mi Max 3 Android 8.1 (Oreo) tizimida ishlaydi.

Xiaomi Mi Max 3 meteorit-qora (jilodor), tilla rang ham to‘q ko‘k rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. Uning boshlang‘ich talqini Xitoyda (4/64 Gb xotira) 252 AQSh dollari, yuqori talqini (6/128 Gb xotira) 296 AQSh dollaridan 20 iyuldan sotuvga chiqariladi.

Batafsil o‘qing: "Mobil kinoteatr" -- Mi Max 3 taqdim qilindi!

  •  
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!