Mi Max 3 surati TENAA’ga chiqdi: iPhone X’ga o‘xshash, ammo ekrani «kemtik»siz!

  •   DiMaX
  •  1429
  •  20.06.2018 10:53

Mi Max 3 surati TENAA’ga chiqdi: iPhone X’ga o‘xshash, ammo ekrani «kemtik»siz!

Xiaomi kompaniyasining endilikda kutilayotgan smartfonlaridan biri Mi Max 3 modeli bo‘ladi. Xitoyning kommunikatsiya vositalarini ro‘yxatga oluvchi TENAA agentligining rasmiy sahifasida uning xususiyatlari kuni kecha ma’lum qilingan edi.

O‘QING: Mi Max 3: "gigant kinofon" hayratga soladi

Endi esa mazkur saytda ushbu planshetofonning surati ham e’lon qilindi. Undan anglashiladiki, Mi Max 3 old paneli anchagina sodda – kompaniyaning yaqinda taqdim etilgan hamyonbop Redmi 6 turkumini eslatadi. Ulkan displeyining tepasida kupertinoliklarning superflagmanidagi kabi «o‘yiq» yo‘q.

Ko‘rib turganingizdek, mazkur devaysning metalldan yasalgan orqa paneli Xiaomi’ning bir qator smartfonlari – Redmi Note 5 Pro, Mi Mix 2S hamda Mi 6X modellaridagi kabi dizaynga ega. Ya’ni, qo‘shaloq kamera modullari iPhone X’dagi singari tikka joylashgan, ular orasiga fotochaqnoq qo‘ndirilgan. Korpus orqa qopqog‘ining o‘rtasida esa barmoq izi skaneri mavjud.

Umuman olganda, Mi Max 3 texnik xususiyatlari o‘rtacha, o‘lchami katta qurilma bo‘lishi kutilayotir. Uning namoyish sanasi va sotuvga chiqarilish vaqti hozircha noma’lum, bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzatishingiz mumkin. Ammo «xitoycha Apple»ning allaqachon bozorga taqdim etilgan ko‘plab smartfonlarini O‘zbekistonda ham rasmiy kafolat bilan olishingiz mumkin. Jumladan, o‘zimizning «Terashop.uz» onlayn do‘konimizdan ularni naqd pulsiz to‘lov usullari orqali xarid qilish imkoniyatlari mavjud.

O‘QING: 820 000 so‘mdan boshlangan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 11 iyun) – Terashop.uz’dagi xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.