Mi Pad 4 LTE plansheti arzon narxda sotuvga chiqarildi

Mi Pad 4 LTE plansheti arzon narxda sotuvga chiqarildi

Planshetning LTE modem o‘rnatilgan, ya’ni sim-karta bilan ishlatish mumkin bo‘lgan talqini 4 gigabaytli operativ hamda 64 gigabaytli xotiraga ega bo‘lgan.

O‘tgan oyning oxirlarida taqdim qilingan Xiaomi Mi Pad 4 LTE planshet kompyuteri bugun savdoga chiqarildi. Ushbu devaysning bahosi 220 dollar.

Xiaomi Mi Pad 4 LTE planshetining ekran diagonali 8 dyuymli, uning piksellar sig‘imi 1920 x 1200 ta belgini tashkil qiladi, ya’ni ekran aniqligi Full HD.

Platforma uchun o‘rtacha imkoniyatli va ko‘plab smartfonlarga o‘rnatilayotgan Qualcomm Snapdragon 660 (shu chipga ega bo‘lgan ilk planshet) protsessori tanlangan. Gadjetdagi akkumulyatorning tok sig‘imi 6000 mA•soat.

Xiaomi Mi Pad 4 LTE planshetidagi bosh kamera 13, old kamera 5 megapikselli.

Planshet qadoqdayoq Android Oreo operatsion tizimining MIUI talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!