Microsoft antiqa boshqotirma e’lon qildi – balki uni siz yecha olarsiz?

  •   DiMaX
  •  1807
  •  01.11.2019 14:47

Microsoft antiqa boshqotirma e’lon qildi – balki uni siz yecha olarsiz?

Ko‘plab kompaniyalar yangi mahsulotini taqdim etish oldidan, yoki oldingisini reklama qilish uchun turli boshqotirmalardan foydalanishlari an’anaga aylangan. Microsoft Edge brauzeri dasturchilari ommabop Reddit resursidagi rasmiy akkaunt orqali e’lon qilgan tilsim ham shular jumlasidandir.

O‘QING: Microsoft ishchilari qancha maosh oladi?

Kompaniya dasturchilari quyidagi pazl bilan shunday yozishgan: «Bu – kodlangan artefakt, uni biz o‘z arxivimizdan topib oldik. Vaqt o‘tishi bilan undagi ayrim ma’lumotlar shikastlangan. Yaxshiyamki, shikastlanish ma’lum bir tizim asosida yuz bergan – har bir chiziqda bittagina ortiqcha son mavjud. Bu anomaliyani topish va artefaktni bor bo‘yi bilan tiklashda, balki, siz yordam berarsiz bizga?»

Microsoft pazlining sirini hozircha hech kim yecha olmayapti. Reddit foydalanuvchilaridan biri izohlarda, mazkur test mohiyatiga ko‘ra nonogramma yoki yaponcha krossvord ekanini ta’kidlagan.

Balki bunda qanaqadir yangicha yondashuv, noan’anaviy talqin, chetdan nigoh kerakdir. Siz ham bir urinib ko‘ring-chi?

O‘QING: Microsoft’ning yangi brauzeri xatosini toping – 30 ming dollargacha mukofot bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!