Microsoft’dan taxlanadigan smartfon: loyiha hali yopilmagan, yangi ma’lumotlar bor

  •   Saroy
  •  256
  •  10.10.2018 11:23

Microsoft’dan taxlanadigan smartfon: loyiha hali yopilmagan, yangi ma’lumotlar bor

Iyul oyida Microsoft  Andromeda, deb kod nomi berilgan taxlama smartfoniga dam bergan edi. Biroq, yaqinda dasturchilar Microsoft ilovalar do‘konida  Andromeda OS tillar bo‘yicha ma’lumotlar borligini payqab qolishdi. Shunday qilib, chamasi, softverli gigant  Andromeda OS ustida test sinovlarini boshlab yuborganga o‘xshaydi. Dasturiy kod shundan dalolat bermoqdaki, taxlama qurilma telefon qo‘ng‘iroqlarini ham qila oladi, ya’ni smartfon ham bo‘ladi.

Shu narsa aniqlandiki, noodatiy qurilma foydalanuvchilari avtomatik tarzda o‘zlarining telefon qo‘ng‘iroqlarini yozib olishi mumkin. Bundan tashqari, qurilma qarama-qarshi qo‘yilgan ekranga ega bo‘lishi ham ma’lum bo‘ldi. Ularning biri tashqi displey bo‘ladi. Ekranga ikki bor bossangiz u o‘chadi. Taxlama smartfon ko‘rinishidan Universal Windows Platform ilovasini, shuningdek OS Andromeda uchun maxsus ishlab chiqilgan ilovani ham qo‘llab quvvatlaydi.

O‘QING:Microsoft o‘z xatosini tan olib, Windows 10 yangilanishini to‘xtatdi

Qurilmada noodatiy boshqaruv jesti mavjud. U masalan, ekranda rasm chizmoqchi bo‘lsangiz unda ma’lum bir figurani chizsangiz yetarli bo‘ladi. Qurilmani blokdan yechish uchun barmoq izlari skaneridan foydalanasiz. Smartfon tashqi monitorga ulanishi mumkin va PK rejimida  (Continuum rejimi) ishlaydi. Yangi gadjet 2019 yilda sotuvga chiqish ehtimoli bor.

O‘QING:Microsoft qaror qiladi: Windows 8 uchun yangi ilova qabul qilinmaydi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!