Microsoft Defender Preview versiyasi Windows va Android uchun chiqarildi

Microsoft Defender Preview versiyasi Windows va Android uchun chiqarildi

Microsoft zamonaviy va Windows 11 stilidagi Microsoft Defender Preview (sinov) versiyasini barcha amerikaliklar uchun chiqardi. Dastur foydalanuvchiga o‘z qurilmalarining real-vaqtda xavfsizlik holatini ko‘rish imkonini beradi.

Albatta, buning uchun foydalanuvchi barcha qurilmalariga Microsoft Defender'ni o‘rnatishi va bitta akkaunt bilan ularga kirishi kerak bo‘ladi. 

Microsoft Defender Preview ilovasi Android uchun ham chiqarilgan bo‘lib, ilova yordamida smartfoningizda zararli dasturlar bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. 

Dasturning barqaror versiyasi aniq qachon chiqarilishi noma’lum, lekin shuni aytish kerakki, sinov muddati tugaganidan so‘ng Microsoft Defender'dan foydalanish uchun Microsoft 365 Family yoki Personal pullik obunalari bo‘lishi talab qilinadi. 

O‘QING: Microsoft Windows 11'da sirli funksiyalarni sinayotgani fosh bo‘ldi! 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!