Microsoft’ning eksklyuziv mahsuloti himoyasini xakerlar besh kundayoq buzishdi – endi uni bepul ko‘chirib olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1185
  •  20.02.2019 16:39

Microsoft’ning eksklyuziv mahsuloti himoyasini xakerlar besh kundayoq buzishdi – endi uni bepul ko‘chirib olish mumkin!

Dasturiy ta’minotlari bilan mashhur bo‘lgan Microsoft korporatsiyasi Crackdown 3 o‘yinini Xbox One va kompyuterlar uchun 15 fevralda taqdim etgandi. Dasturchilar bu loyihaga besh yildan oshiq vaqt sarflab, mustahkam himoyalashgan.

O‘QING: Crackdown 3 o‘yini: barchasini vayron qil!

Buni qarangki, CODEX guruhi xakerlariga ushbu dasturiy ta’minot himoyasini buzish uchun besh kun ham kifoya qildi! Mazkur shuterning kompyuterlarga mo‘ljallangan versiyasini endi torrentlardan bepul ko‘chirib olish mumkin bo‘ldi.

Aytish kerakki, yaqinda xakerlar Yakuza Kiwami nomli yana bitta yangi o‘yinning himoyasini o‘ta kulgili tarzda – atigi yarim soatda buza olishgan edi.

O‘QING: D.I.C.E. Awards 2019: Eng zo‘r o‘yinlar mukofotlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.