Microsoft’ning Facebook’dagi sahifasi: O‘zbekistonmi, Qozog‘istonmi yoki Belarusmi?

  •   DiMaX
  •  1377
  •  10.11.2017 12:29

Microsoft’ning Facebook’dagi sahifasi: O‘zbekistonmi, Qozog‘istonmi yoki Belarusmi?

Kecha – 9 noyabr kuni Microsoft korporatsiyasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Microsoft Uzbekistan sahifasining nomi kutilmaganda o‘zgarib, Microsoft Kazakhstan’ga aylanib qoldi.

Bunga birinchilardan bo‘lib apolotary (@parhelion318) nikli Twitter foydalanuvchisi e’tibor bergan.

Shuningdek, Telegram mesenjeridagi Texnoman kanali ham bu o‘zgarishdan olingan skrinshotni e’lon qilgan.

Qizig‘i shundaki, Microsoft Kazakhstan degan yangi nomi orqali Facebook’dan qidirsangiz, bu sahifaning manzili umuman boshqacha – facebook.com/microsoft.belarus ekaniga amin bo‘lasiz!

Yaqingacha bu sahifa chindan ham shunaqa – Microsoft Belarus deb nomlangan bo‘lgan. 

Undan ham qizig‘i – Microsoft Kazakhstan nomida boshqa sahifa ham mavjud bo‘lib, uning manzili boshqacha: facebook.com/MicrosoftCIS

Microsoft hozircha bu o‘zgarishlar haqida biror rasmiy izoh bergan emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!