Microsoft’ning OS Android’da ishlaydigan smartfonlari qanday bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  559
  •  16.07.2018 12:15

Microsoft’ning OS Android’da ishlaydigan smartfonlari qanday bo‘ladi?

Chamasi, Microsoft korporatsiyasi  mijozlarini nafaqat taxlanadigan Andromeda yoki Surfase Go plansheti bilan, balki yangi operatsion tizimda ishlaydigan smartfonlari bilan ham hayratga solmoqchi.

Gap shundaki, kompaniya xodimi OS Android boshqaruvida ishlaydigan qurilma ustida ish olib borilayotgani haqida ma’lum qilgan. Ustiga ustak,  bu bitta yoki ikkita smartfon bo‘lmaydi,  balki butun boshli lineyka bo‘larkan.

O‘QING:Android-smartfon egalarini reklamadan Microsoft Edge brauzeri qutqaradi

Garchi,  Microsoft har doim o‘zining operatsion tizimidan foydalanib kelgan bo‘lsa-da, hozirda «Microsoft-Android» hamkorligi ham  fantastika emas,  deyiladi xabarda. Gap shundaki, o‘tgan yilning oxirida kompaniya o‘zining Windows 10 Mobile platformasidan  rasman voz kechgandi. O‘shanda Microsoft vitse-prezidenti va  Windows ishlanmalari rahbari Djo Belfior yangi qurilmalarda ham, boshqalarida ham keng miqyosli yangilanish bo‘lmasligi haqda ma’lum qilgandi.

Windows 10 Mobile’dan farqli ravishda Android uchun zarur bo‘lgan ilovalar va xizmatlar bor, Microsoft’ning Google Play’da ham o‘z  ilovalari yetarli.

O‘QING:Sun’iy ong: Microsoft’ning uyqusini qochirgan chiplar

Nima bo‘lganda ham, bularning barchasi hali o‘zining rasman tasdig‘ini topganicha yo‘q. Demak, yangilikni  Microsoft’ning o‘zi tasdiqlashini kutib qolamiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!