Microsoft Surface Pro 4 “Eng yaxshi mobil planshet” uchun mukofotni qo‘lga kiritdi

Microsoft Surface Pro 4 “Eng yaxshi mobil planshet” uchun mukofotni qo‘lga kiritdi

 

Microsoft Surface Pro 4 Jahon mobil kongressi 2016 anjumani doirasida o‘tkazilgan “Global Mobil mukofot” taqdirlash marosimida eng yaxshi mobil planshet sifatida e’tirof etildi.

Win Beta nashrining yozishicha, bu yo‘nalishda mukofotni qo‘lga kiritish uchun Surface Pro 4 tablet bozoridagi jiddiy raqiblari – Apple iPad Pro, iPad Mini 4, Samsung Galaxy Tab S2 9.7 va Sony Xperia Z4 kabi planshetlar bilan kurashgan.

2015 yilda o‘tkazilgan mazkur mukofotda ham uning “ajdodi” Surface Pro 3 plansheti xuddi shu yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan edi.

Kompaniya ushbu planshetni “Katta ishlarni qilish uchun o‘z qoidalaringdan voz kechishing kerak. Shu sababli ham, biz Surface Pro’ni yaratdik. Hammasini bizning planshet bilan kashf qiling.” degan shior ostida taqdim qilgan edi. Surface Pro 4 plansheti 2736x1824 piksel, 12.3 dyuymli displeyga ega.

Surface Pro 4’ning Intel Core M3 protsessor, 4 GB tezkor xotira, 128 GB qo‘shimcha xotiraga ega talqini 179 AQSh dollari, shuningdek Intel Core i5 protsessorga ega talqini $899 AQSh dollari, 16 GB tezkor va 256 GB qo‘shimcha xotira, Intel Core i7 protsessoriga ega talqini $1,699 AQSh dollarida sotuvga chiqarilgan.

Planshet eniga 292.1 mm, bo‘yiga 201.42 bo‘lib, qalinligi 8.45 mm. U protsessorining rusumiga ko‘ra, 766, 786 gramm vaznga ega.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!