Microsoft tasodifan Windows 12 prototipini ko'rsatib qo'ydi

Microsoft tasodifan Windows 12 prototipini ko'rsatib qo'ydi

Bir necha kun oldin bo'lib o'tgan Ignite 2022 konferensiyasida Microsoft o'zining Teams ilovasi yangi versiyasini taqdim etayotib tasodifan Windows'ning navbatdagi versiyasi dizaynini oshkor qilib qo'ydi, deya xabar bermoqda Windows Central.

Videodan skrinshot qilib olingan haqiqiy tasvirda siz bosh Windows menyusi hozirgi Windows 11'da bo'lgani kabi markazlashgan holatda joylashganligini, lekin vazifalar paneli endilikda havoda muallaq turgandek, pastdan va yon tomonlardan yumaloqlagan burchaklar bilan ajralib turganligini ko'rishingiz mumkin. Shuningdek, vazifalar panelida siz ob-havo yoki boshqa tizim ikonkalarini ko'rmaysiz, yoxud ular endi pastda emas yuqorida joylashgan: sana, batareya va Wi-Fi ko'rsatkichlari o'ng yuqori burchakda, qidiruv paneli yuqori markazda, ob-havo ma'lumotlari esa chap yuqori burchakda joylashgan.

Windows Central'ning o'z manbalariga asoslanib qo'shimcha qilishicha, Microsoft hali ham Windows 12 ko'rinishi ustida ishlamoqda, lekin ushbu tarqalib ketgan dizayn kompaniya navbatdagi Windows versiyasida foydalanmoqchi bo'lgan prototiplarning biridir. Yuqoridagi tasvir xira bo'lganligi uchun quyida uning qayta yaratilgan variatini ko'rishingiz mumkin.

Foto: Windows Central (Zak Bouden)

Microsoft o'zining Windows operatsion tizimi uchun yangilanishlar strategiyasini o'zgartirgan va o'zining avvalgi uch yillik strategiyasiga qaytgan edi. Bunda hozirgi Windows kichik yil bo'ylab kichik yangilanishlarni qabul qilishda davom etadi. Har uch yilda esa Microsoft katta Windows yangilanishini, yoxud yangi avlodni chiqaradi. Masalan, Sun Valley kod nomli Windows 11 o'tgan yilning 2021-yilda chiqarilgan bo'lsa, uning davomchisi — Next Valley kod nomli Windows 12 esa 2024-yil kuzida chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: Endi Windows'da ekranni yozib olish uchun qo‘shimcha dastur o‘rnatish shart emas

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!