Microsoft o‘yinlarida ovoz matn, matn esa ovoz formatida ko‘rinadi

Microsoft o‘yinlarida ovoz matn, matn esa ovoz formatida ko‘rinadi

Microsoft kompaniyasi Xbox One o‘yin pristavkasi hamda  Windows 10 tizimidagi PC-kompyuterlari uchun ovozni matnga va matnni ovozga aylantirish texnologiyasini joriy qilish rejasida. Mazkur qulaylik, ayniqsa video o‘yinlar o‘ynash vaqtida boshqa o‘yinchilarning ovozli jumlalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranning bir qismida yozuvli shaklda ko‘rinishiga yoki yozuvlarning ovozli yangrashiga xizmat qiladi.

Bu jihat hozircha Halo Wars 2 o‘yini uchun tatbiq qilinadi. Microsoft keyinchalik bu texnologiyaga o‘yinlar sonini ko‘paytiradi. Ushbu qulaylik, eshitishda va gapirishda nuqsoni bor o‘yinchilar uchun ayni muddao.

Ekspertlar mazkur texnologiyaning bir nechta tillarga mo‘ljallangan talqini yaqin yillarda YouTube tarmog‘idagi videolarda ham joriy qilinishini aytishmoqda.