Windows 11'dan millionlab odamlar foydalanadigan qulay funksiyani olib tashlandi

Windows 11'dan millionlab odamlar foydalanadigan qulay funksiyani olib tashlandi

Microsoft kompaniyasi o‘zining yangi Windows 11 tizimida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga va’da bergandi va shunday ham bo‘ldi. Biroq yangi tizimdan bir nechta qulay funksiyalar olib tashlangan. Xususan, fayl va yorliqlarni kursor orqali vazifalar paneliga olib o‘tishning imkoni endi mavjud emas.

O‘QING: Windows 11 dizaynida yangilangan Microsoft Office to‘plamini yuklab oling!

Windows 10 operatsion tizimining vazifalar paneliga biror bir ilovani qo‘yish uchun yorliqni panelga olib o‘tish kifoya edi. Vazifalar paneliga qo‘yilgan dasturlarda fayllarni ochish ham xuddi shunday: masalan, foydalanuvchi Photoshop dasturini ochgan bo‘lsa, Windows 10'da tahrir qilinishi kerak bo‘lgan rasmlarni tanlash kifoya, ularni sichqoncha kursori bilan ishlayotgan dasturga olib o‘tish mumkin va ularning barchasi grafik muharririda ochiladi. Ammo Windows 11 operatsion tizimida na u, na bu funksiya ishlaydi.

Tabiiyki, ushbu imkoniyatga o‘rganib qolgan foydalanuvchilar bu funksiyani olib tashlanganligidan mamnun emaslar. Feedback Hub platformasida ko‘plab foydalanuvchilar ushbu funksiyaning olib tashlanganidan hafsalari pir bo‘lganlari haqida izoh qoldirganlar.

Kompaniyaning o‘zi esa ushbu funksiya Windows 11'da ishlamasligini hamda foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan fikr-mulohazalarni o‘rganib, kelajakda bunday funksiyalarni yanada takomillashtirishni aytib o‘tgan.

O‘QING: Windows 7 tizimli kompyuter va noutbuk egalari ham Windows 11’ga o‘ta oladilar, ammo...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!