Microsoft yangi flagmanlarining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi

Microsoft yangi flagmanlarining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi

Microsoft kompaniyasi Lumia 950 va 950 XL yangi flagmanlarini rasman taqdim qildi. Ushbu smartfonlar Windows 10 Mobile operatsion tizimida ishlaydi.

Lumia 950 XL 5,7 dyuymli displeyga ega, ekran sig‘imi 2560x1440 piksel. Sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 810, 32 GB protsessori mavjud,  Micro SD kartasi uchun slot bor, 3 Gbayt tezkor xotirali. Lumia 950 esa 5,2 dyuymli displeyga ega, ekran sig‘imi 2560x1440. Snapdragon 808 olti yadroli protsessor, 20 megapikselli kamera bilan jihozlangan. Shuningdek, Micro SD kartasi uchun slot va 3 Gbaytli tezkor xotiraga ega.

Smartfonga 20 megapikselli optik stabilizatsiyali asosiy kamera o‘rnatilgan bo‘lib, F/1.9 aperturali, uch marta chaqnaydi.

Yarim soat ichida smartfonni 50%dan ortiqroq zaryadlash mumkin. Flagmanlarda Windows Hello funksiyasi ishlaydi, u smartfon egasini identifikatsiyalash uchun xizmat qiladi.

Flagmanlarda Continuum funksiyasi ham mavjuddir, bu smartfonni monitor yoki televizorga ulab operatsion tizim interfeysini katta ekranda ko‘rish imkonini beradi. Ikkala flagmanga ham USB Type-C bo‘yicha Microsoft Display Dock aksessuarini ulasangiz bas. Dokda HDMI, DisplayPort va standart o‘lchamdagi uchta USB ulagich bor.

Lumia 950 va 950 XL mos holda 549 va 649 dollar turadi. Noyabrdan sotuvga chiqishi kutilmoqda. Bundan tashqari, narxi atigi 139 dollar turadigan, to‘rt yadroli protsessor o‘rnatilgan Lumia 550 ham dekabr oyida sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!